Bir yarim yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mashqlar kompleksi:
1-mashq. Qo‘llar bilan harakat qilish. Mashq dastlabki holatdan skameykada tik turib
(stulda o‘tirib) kagta odamga qarab turish bilan bajariladi. Bu mashq ikkita gimnastika
tayog‘i bilan bajarilsa qulay bo‘ladi, tayoqning bir uchini katta odam, boshqa uchini bola
ushlab turadi. Shu tayoqlar yordamida katta odam bolaning qo‘llarini yon tomonlarga,
yuqoriga, oldinga va orqaga harakatlantiradi. 6—10 marta takrorlanadi.
2-mashq. Cho‘nqayib o‘tirish. Bola katta odam ushlab turgan gimnastika tayog‘ini
ushlab, cho‘nqayib o‘tiradi. 4—8 marta takrorlanadi.
3-mashq. Dastlabki holatdan — polda yoki skameykada chalqancha yotgan holatdan
o‘tirishdan boshlanadi. Katta odam bolaning kaftla ridan ushlab turib, undan o‘tirishni
so‘raydi.—6 4marta takrorlanadi.
4-mashq. Skameyka tagidan o‘tish. Skameykaning (taburetkaning) tagi yuzasi
poldan 24 sm baland bo‘lishi kerak. 2—4 marta takrorlanadi.
5-mashq. Taxta qirrasida yurish.
6-mashq. Tayoqni ushlab cho‘nqayib o‘tirish. 4—6 marta takrorlanadi.
7-mashq. Tanani zo‘riqtirib egish. 3—6 marta takrorlanadi.
8-mashq. Gimnastika skameykasida yurish — poldan 20 va 24 sm baland bo‘lishi
kerak.
9-mashq. Umurtqa pog‘onasini bukish. Mashq dastlabki holatdan — qorin bilan
polda yotishdan boshlanadi. 2—4 marga takrorlanadi.
10-mashq. Oyoqlarni ko‘tarib, rostlab uzatish. Mashq dastlabki holatdan chalqancha
yotishdan boshlanadi: bola qo‘llari bilan skameykani yoki boshqa narsani ushlab turadi,
katta odamning iltimosi bilan uzatilgan oyoqlarini ko‘taradi (ikkala oyog‘ini baravar va
navbatma-navbat ko‘tarib, tayoqqa tekkizadi). 4—8 marta takrorlanadi.
11-mashq. Bir nechta to‘siqlardan hatlab o‘tish. Polga har xil pastroq narsalar
qo‘yiladi, bola katta odamning signali bilan dastlab bitta-bitta qadam qo‘yib, keyin ketma-
ket qadam bilan ulardan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |