5-7 sinflarda dars o‘tkazish uslubiyati
Download 15.21 Kb.
|
5-7 SINFLARDA DARS O‘TKAZISH USLUBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Jismoniy tarbiyaning va sportning amaliy va nazariy vositalari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish
5-7 SINFLARDA DARS O‘TKAZISH USLUBIYATI.MAVZU: 5-7 SINFLARDA DARS O‘TKAZISH USLUBIYATI. Reja: KIRISH 1. Jismoniy tarbiya va sportning asosiy tushunchalari hamda tamoyillari 2. Jismoniy tarbiya va sportning maqsad va vazifalari. 3. Jismoniy tarbiyaning va sportning amaliy va nazariy vositalari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Davlatimiz tomonidan qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori, «Sog‘lom avlod uchun» nodavlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” gi va 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 3 iyun PQ-3031 “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlanirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 5 mart PF-5368 “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror va Farmonlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo‘l ochmoqda. Amalga oshirilgan ishlar, ta’lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash soxasidagi ijobiy o‘zgarishlar, kadrlar tayyorlashning yangi-o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limi tizimining yo‘lga qo‘yilganligi istiqlolimizni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘quvchi-talabalarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishda, ularning sog‘lom bo‘lib etishishlarida o‘quv yurtlarida olib borilayotgan ommaviy sport ishlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va jaxon standartlariga muvofiq bo‘lgan kadrlarni tayorlash bo‘yicha ta’limning milliy dasturi ishlab chiqilgan. Milliy dasturning ta’lim bosqichlariga maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, akademik listeylar, kasb–xunar kollejlari, bakalavr tayorlash oliy o‘quv yurtlari va magistratura hamda aspiranturalarni kiritish mumkin. Xozirgi kunda ta’lim muassasalarida yoshlarni xar tomonlama ilm, fan, sa’nat, madaniyat va sport ishlari bilan shug‘ullanish uchun juda muxim imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’limning milliy dasturini maqsadi yosh avlodni zamonaviy bilim va malakalar bilan tarbiyalash ilmiy va manaviy saloxiyatga ega bo‘lgan, davlatimizning ijtimoiy iqtisodiy soxalarida keng qamrovli faoliyat olib bora oladigan aqlan va jismonan etuk kadrlar tayyolashdir. Bilimli va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash uchun maxsus ta’lim muassasalari o‘quv kurslari va ta’lim markazlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu bilim maskanlarida yosh avlod fanning barcha soxalarida kompyuter texnologiyalari bilimlariga ega bo‘lib xorijiy mamlakat tillarini mukammal egallab o‘z malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirib bormoqdalar. Shu bilan bir qatorda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun davlatimiz raxbarlari tomonidan ko‘plab zamon talablariga mos bo‘lgan o‘quv binolari va sport maydonlari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Har bir ta’lim muassasalarida kasb-xunar kolleji va oliy o‘quv yurtilarida zamonaviy sport inshootlari va sport maydonlari barpo etilmoqda. Download 15.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling