N. B. Toshpulatova, E. Sh. Nazirova internet tarmog‘Ida ishlaSh Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3-nashr toshkеnt «niso poligraf»


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana15.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1776554
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
INTERNET TARMOG\'IDA ISHLASH



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
N. B. Toshpulatova, E. Sh. Nazirova
INTErNET Tarmog‘Ida IShlaSh
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
3-nashr
TOSHKЕNT
«NISO POLIGRAf»
2014


UO‘К: 004.738.5(075)
KBK 32.973
T 29
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik 
kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
Taqrizchilar:
Djaylovov A.A. t.f.n.,
TATU Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent;
Nuraliyev F. t.f.n.,
TATU Television texnologiyalari fakulteti dekani, dotsent.
Toshpulatova N. B., Nazirova E.
Internet tarmog‘ida ishlash. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv 
qo‘l lanma. – T.: «Niso Poligraf», 2014. – 56 b.
ISBN 978-9943-375-73-4 («Niso Poligraf»)
«Internet tarmog‘ida ishlash» dasturi ushbu jarayonlarni bajarishni o‘z 
ichiga oladi: internet tarmoqlari, brauzer dasturlari, internet sistemasi orqali 
axborotlarni uzatish, internet tarmog‘iga ulanish usullari, internet tarmog‘ining 
xavfsizligini ta’minlash, internet tarmog‘ida ishlash bilimini takomillashtirish, 
ularni amaliyotda ishlatish. Dastur o‘quvchilarni hozirda internet tarmog‘ida 
ishlash uchun zarur bo‘lgan jihatlar bilan tanishtiradi.
Uo‘K: 004.738.5(075)
KBK 32.973
ISBN 978-9943-375-73-4
© «Niso Poligraf», 2012, 2014


3
INTErNET BraUZErlar
Tayanch so‘z va iboralar: Internet Explorer, browsers, CERN, NSCA, 
Opera, MS ICE, Webcelerator, AtGuard, 
AdWirer
Hozirgi kunda Internetning WWW xizmati kundan-kunga 
rivojlanib mukammal ma’lumotlar manbaasiga aylanib bormoqda. 
Uning yordamida istalgan sohada, istalgan mavzuda va istalgan 
vaqtda ma’lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, zarur 
bo‘lsa ulardan nusxalar olish mumkin. Internetning ushbu xiz-
mat turidan foydalanish uchun avvalo mijoz kompyuterida 
xuddi shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dastur 
ta’ minoti bo‘lishi zarur. Bunday dastur ta’minoti brauzerlar 
(browsers) deb ataladi.
Eng birinchi brauzer CERN (Evropa Fizika Tadqiqotlari 
Markazi) xodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan. Eng bi-
rinchi grafik ma’lumotlarni ekranda aks ettiruvchi brauzer Mosaic 
Amerikaning NSCA (Milliy Super Hisoblash Markazi)da Mark 
Andrisson va bir necha talabalar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Brauzer bu inglizcha so‘z bo‘lib ko‘rishni ta’minlash, ya’ni ko‘rsa tish 
ma’nosini anglatadi. Dunyodagi eng ko‘p foydalaniladigan brauzer-
lar Netscape Communication va Internet Explorer hisoblanadi.
Bugungi kunda Internet Explorerdan tashqari yana ko‘plab 
Opera, FMSD Friadna, MS ICE, Webcelerator, AtGuard, AdWiper 
kabi brauzerlar mavjuddir. Brauzerlarga qo‘yiladigan asosiy 
talablardan biri, bu Internetning WWW xizmatidagi ma’lumotlar 
joylashgan Web sahifalarini, qaysi texnologiya yordamida ish-
lashidan, hamda qaysi dasturlash tilida yozilganidan qat‘iy nazar, 
undan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini yaratib berishdir. Bu 
talabga hamma brauzerlar ham javob bera olmaydi. Bunga misol 
qilib Netscape Communicatorning Microsoft kom paniyasining 


4
mahsuloti bo‘lgan Visual Basic Script tili qo‘lla nilgan Web 
sahifalarni ekranda aks ettira olmasligini kelti rish mumkin.
Internet Explorer brauzeri esa ixtiyoriy Web sahifani hech 
qanday muammolarsiz ko‘rish va undan to‘liq foydalanish 
imkoniyatini yaratib beradi. Opera brauzerining muxlislari esa 
uni juda ham ixcham xajmda ekanligi uchun yaxshi ko‘rishadi. 
Chunki bu brauzer kompyuter tashqi xotirasida atigi 2 Mb gina 
joyni egallaydi xolos. Uning juda ham tezkor ishlashi va ko‘plab 
Netscape ishlaydigan pluginlar Macromedia flash, Acrobat reader, 
Cosmo plauyerlarni o‘zida aks ettira olishi unga bo‘lgan qiziqishga 
sabab bo‘lmoqda. Netscapening imkoniyatlari ham o‘ziga xosdir. U 
olinayotgan informatsiya haqidagi doimiy ma’lumot, aloqa kanallari 
sekin ishlaydigan joylarda juda ham qo‘l keladi. Bundan tashqari 
brauzer o‘zida pochta xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘yilganligi 
juda ham foydalanuvchilarga qulaydir. Yana dasturda Internetdagi 
boshqa foydalanuvchilar bilan suhbatlashishni ta’minlovchi dastur 
ham o‘rnatilgan.
Internet Explorerdan asosan Windows OSdan foyda lanuvchilar 
ko‘proq ishlashadi. Chunki Microsoft kompaniyasining bu mah-
sulotlari bir – biri bilan hech qanday xatolarsiz ishlaydi. Brauzer 
oldin ko‘rilgan sahifalarni qayta ko‘rish, ya’ni kundalikda ko‘rilgan 
sahifalarni qayta ochish imkoniyatiga ega. Internet tarmog‘idagi 
ko‘plab ma’lumotlardan foydalanishda chegaralar qo‘yish, xavfli 
Web sahifalar haqida ogohlantirish kabi imkoniyatlari ham mavjud. 
Brauzerlarga qo‘shimcha o‘rnatiladigan qidiruv serverlari yoki eng 
ko‘p foydalaniladigan Web sahifalarning maxsus to‘plamlari ham 
foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
WWW tarmog‘idagi ma’lumotlardan foydalanish uchun 
faqatgina brauzerlarning xizmati kamlik qiladi. Ya’ni audio hamda 
video xujjatlarni aks ettiruvchi tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu 
dasturlar serverlarda joylashgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilayotgan 
audio hamda video xujjatlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
Real player, Quick player, Cosmo player, Media player 2 shu vazifani 
bajarishadi.


5
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham Internet texnologiyalarini 
rivojlanishi natijasida xohlagan radiokanallarning eshit tirishlarini 
Internet orqali tinglash mumkin. Avvaliga brauzer yordamida 
kerakli radiokanalning Web sahifasi topiladi va undan so‘ng 
eshittirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Internet tarmog‘iga uzatilayotgan 
kanalga bog‘lanadi. Shunda operatsion sistemada mavjud bo‘lgan 
pleyyerlardan biri ishga tushishi natijasida, foydalanuvchi ushbu 
radiokanalni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi 
kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi Internetning FTP 
xizmatidan ham brauzerlar yordamida foydalanish mumkin. Lekin 
maxsus FTP mijoz dasturi kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa, bu 
juda ham qulaydir. FTP serverda yangi papka yaratish va unga 
ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. 
Bu jarayonlarni bajarishda FTP mijoz dasturlari qo‘l keladi. WWW 
xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat 
dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon 
aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun Internetga bog‘langan 
kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoya.
Internet Explorer dasturi bilan ishlash uchun, dasturning 
belgisida sichqoncha tugmachasini bosing.
Natijada ekranda dasturning quyidagi darchasi hosil bo‘ladi 
(1-rasm).
Darcha boshida menyu satri joylashadi. Menyu bu dastur 
bajarishi mumkin bo‘lgan amallar, ya’ni komandalar majmui. 
Dastur menyusi Файл, Правка, Вид, Избранное va Справка 
komandalaridan tashkil topgan. Ikkinchi satrda asboblar paneli 
joylashgan. Internet bilan ishlaganda ko‘proq asboblar panelidan 
foydalaniladi. Shuning uchun quyida asboblar paneli tugmachalari 
tavsifini keltiramiz. Internetda biror ma’lumotni o‘qish uchun Adres 
satrida zarur sahifa manzilini kiritasiz. Masalan, adreslar satrida 
yahoo.com adresini kiritib ko‘ring. Natijada shu sahifa qidiriladi. 
Pastki holat satrida «Adres topildi. Javobni kuting» degan ma’-
lumotni anglatuvchi xabar paydo bo‘ladi. Ekranda bir necha daqiqa-


6
1-
ra
sm
I
nt
er
ne
t Ex
pl
or
er 
da
st
ur
in
in

um
um
iy 
da
rc
ha
si.


7
dan so‘ng sahifa paydo bo‘ladi. Zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tanlab 
o‘qishingiz mumkin. Sahifada gipermurojaat tagiga chizilgan bo‘ladi 
va rangi ham asosiy matndan farq li bo‘ladi. (Odatda ko‘k rangda 
bo‘ladi). Gipermurojatni o‘qish uchun unga sichqoncha tugmachasini 
bosish yetarli. Gipermatndagi ma’lumotni odatdagi usulda o‘qishingiz 
mumkin. Internetda ishlash shunchalik qulay va zavqliki, Siz qanday 
qilib Internetning bir sahifasidan boshqa sahifasiga o‘tib, ma’lumotlar 
olamida sayr qilib vaqtning o‘tganini sezmay qolasiz. Dunyoning 
ixtiyoriy nuqtasidan Internetdagi ma’lumotlarni ekraningizda o‘qiy 
olasiz.
Biror ma’lumot Sizga zarur bo‘lsa, Siz uni ko‘chirib olishingiz 
mumkin. Ma’lumotlarni ko‘chirish tartibi keyinroq keltiriladi. 
Sahifadan doimo foydalansangiz, uni jildga kiritib qo‘yishingiz 
mumkin.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling