N. B. Toshpulatova, E. Sh. Nazirova internet tarmog‘Ida ishlaSh Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3-nashr toshkеnt «niso poligraf»
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
INTERNET TARMOG\'IDA ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internetni ishlash tartibi
- Internet Explorer, opera
UUCP yordamida bog‘lanish
UNIX operatsion sistemasi UUCP deb ataluvchi servisdan foydalanadi va ma’lumotlarni standart telefon tarmoqlari bo‘yicha uzatish imkoniga ega. UUCP faqat fayllarni bir sistemadan boshqasiga uzata oladi, Internet pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon beradi. UUCP keng tarqalgan. Bu bog‘lanish uchun telefon tarmog‘i va modem zarur. UNIX dasturining zarurati yo‘q. 27 Internetni ishlash tartibi Faraz qilaylik, Internetda biror sahifani ochib ko‘rmoqchisiz. Sahifa adresini kiritdingiz va uni ochdingiz. Qanday qilib bir necha daqiqada sahifa sizning ekraningizda paydo bo‘ladi? Bu sahifalarni topish uchun, sizning WWW ko‘rish dasturingiz URL dan qanday foydalanadi? Sahifani topish uchun dastur provayderda joylashgan domen nomlari xizmati dasturlar majmuidan foydalanadi. U DNS (Domain Name Service) deb ataladi va Internetni kompyuteringizga o‘rnatganda kiritiladi. Netscape Windows bilan birgalikda ish- layotganda sizning TCP/IP protokolingizni bu domen nomini sizning DNS serverinigizga uzatadi. Agar domen nomida davlatni izohlovchi identifikatori bo‘lmasa, bu domen AQSh da ekanligini bildiradi. Internet bilan ishlashni Internet Explorer, opera dasturlari ta’minlaydi. Ular deyarli bir – biriga o‘xshash. Ular bilan ishlash juda oson va qulay. hTml formati tushunchasi Shaxsiy kompyuterda formatlashtirilgan elektron xujjat WYSIWYG (What You See Is What You Get) «Nimani ko‘rayotgan bo‘lsang, o‘shani olasan» printsipida ishlaydigan matn tahrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan, MS Word, Lexicon, AmiPro kabilar yordamida. Bunday dasturlar yordamida biz elektron xujjatni xohlagan shriftda, o‘lchamda, chap yoki o‘ng tomondan tekislangan holda, (Ya’ni o‘zimizga ma’qul bo‘lgan «format»da) yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron xujjatni Internet yordamida e’lon qila olmaymiz. Sababi, uni o‘qimoqchi bo‘lgan boshqa bir Internet mijozining shaxsiy kompyuterida biz foydalangan matn tahrirlagich dasturi yoki shriftlar o‘rnatilmagan bo‘lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo‘lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mo‘ljallangan «darcha»ning o‘lchamlari haqida hech qanday ma’lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun ham, shaxsiy 28 kompyuterda foydalaniladigan matn taxrirlagichlar va ularning «format»lash usullaridan Internetda foydalanib bo‘lmaydi. Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyrertext Markur Language) «gipermatnlarni belgilash tili» protokoli standarti yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo‘lgan HTML dasturlashtirish tili bo‘lib, uning yordamida elektron xujjatlarni Internetda bevosita e‘lon qilish mumkin. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling