30
gopher xizmati
Internetning Gopher xizmati WWWga monand vazifalarni
bajaradi. Barcha axborot Gopher serverda ma’lumotlar «daraxti»
shaklida saqlanadi. Gopherning boshlang‘ich
katalogi mazkur
daraxtning yuqori nuqtasi, qolgan barcha kataloglar va fayllar esa
menyuning elementlari sifatida ko‘riladi. Bosh menyuning satri yoki
quyi menyuni va yoki faylni o‘zida aks ettiradi.
Gopher matnli,
tovushli, dasturli va h.k. fayllar turlarini
qo‘llaydi .
Teleanjumanlar – Usenet tarkibiga kiruvchi munozara guruh-
laridir
Teleanjumanlar iyerarxik tamoyil asosida tuzilgan bo‘lib,
yuqori darajaga yettita asosiy ruknlar to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida,
rukn ruknlarga ega bo‘ladi. Natijada
fayl tizimlarini eslatuvchi
daraxtsimon shakl yuzaga keladi. Asosiy ruknlarni quyidagilarga
ajratish lozim:
• sotr kompyuterlar bilan bog‘liq mavzular;
• scl ilmiy tadqiqotlar sohasidagi mavzular;
• news Usenet ma’lumotlari va yangiliklari;
• soc ijtimoiy tematika;
• talk munozara.
Bundan tashqari, maxsus ruknlar va teleanjumanlarning minta-
qaviy taqsimoti mavjud.
Usenet xizmatiga kirishni
teleanjumanlarni tanlash, xabarlar
oqimi bilan ishlash, xabarlarni va ularning javoblarini o‘qishga
imkon yaratadigan maxsus dasturlar boshqaradi.
Mazkur dasturlar
teleanjumanlarga obuna qilish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: