N. B. Toshpulatova, E. Sh. Nazirova internet tarmog‘Ida ishlaSh Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3-nashr toshkеnt «niso poligraf»


Fayllarni FTP protokoli yordamida uzatish


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana15.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1776554
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
INTERNET TARMOG\'IDA ISHLASH

Fayllarni FTP protokoli yordamida uzatish
Elektron pochta, birinchi navbatda, turli kompyuter tizimlari 
o‘rtasida matnli ma’lumotni almashishga xizmat qiladi. Internet 
tarmog‘idan foydalanuvchilar uchun alohida fayllar va yaxlit 
dasturlarni almasha olish imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi.


31
Internetda uchraydigan turli operatsion tizimlar o‘rtasida 
ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash uchun foydalanilayotgan 
qurilmadan mustaqil ishlaydigan FTP (File Transfer Protocol) 
fayllarni uzatish protokoli qo‘llaniladi. Protokol ikki kompyuter 
o‘rtasida fayllarni ko‘chirishni ta’minlaydi hamda Internet 
tarmog‘i mijoziga bir necha fayllarni olish imkoniyatini yaratadi. 
Foydalanuvchi tarmoqqa ulangan kompyuterlarda mavjud turli 
fayllar va dasturlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ushbu protokolni amalga oshiruvchi dastur Internetdagi ko‘plab 
FTP serverlardan biri bilan aloqa o‘rnatishga yo‘l ochadi. FTP 
server fayllari bilan foydalanish mumkin bo‘lgan kompyuterdir. 
FTP mijoz dasturli ma’lumotlarni uzatish protokolini bajaribgina 
qolmay, FTP server katalogini ko‘rib chiqish, fayllarni izlash va 
ma’lumotlarni joylashtirishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan bir 
qator komandalarga egadir.
Unix yoki MS DOS da ishlashda foydalanuvchi FTP server 
bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalanuvchi FTP komandasini 
kiritishi lozim, so‘ng uning manzili yoki domen nomi kiritiladi. 
Agar aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa, foydalanuvchining nomini 
kiritish taklif qilinadi. Serverda qayd qilinmagan foydalanuvchi 
«anonymus» nomini tanlab muayyan fayllar va dasturlardan 
foydalanishga ruxsat oladi. Agar parol so‘ralsa, elektron 
pochtadagi shaxsiy manzilni kiritish mumkin. Mazkur amallarni 
bajargandan so‘ng FTP server bilan ishlashga yo‘l ochiladi.
diqqat! Fayllarrni uzatishning asosiy rejimi ASCII kodi orqali 
uzatishdir. Ikkilik kodlarni uzatish uchun binary komandasini 
kiritish lozim. Faol rejimni aniqlash status komandasini kiritib 
amalga oshiriladi.
Aksariyat FTP serverlar operatsion tizim boshqaruvi osti-
da ishlashi tufayli ushbu tizimda ishlash texnologiyasi kompyu-
ter komanda satrida komandalarni kiritishni talab etadi va foy-


32
da lanuvchining mazkur rejimdagi ishini birmuncha mush-
kullashtiradi.
Windows 7 operatsion tizimi WS_FTP dasturi bilan ishlashga 
imkon yaratadi, bu FTP serverlari bilan ishlashda ancha qulaylik 
tug‘diradi.
Yana bir usul WWWning Microsoft Internet Explorer, kabi 
ilova navigatorlarini qo‘llashga asoslanadi.
Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya informatsion portalida 
hudud Internet resurslari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. 
Mamlakatlarga oid entsiklopedik ma’lumotlar keltirilgan.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling