N. B. Toshpulatova, E. Sh. Nazirova internet tarmog‘Ida ishlaSh Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3-nashr toshkеnt «niso poligraf»
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
INTERNET TARMOG\'IDA ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayan so‘z va iboralari
NaZoraT SavollarI:
1. Elektron pochta nima? 2. E-mail adres shakli qanday bo‘ladi? 3. Shaxsiy adres qanday ochiladi? 4. Outlook Express dasturini tushuntiring 5. Xat yozish tartibi qanday bo‘ladi? 6. Xatni jo‘natish tartibi qanday bo‘ladi? 7. Xatni qanday o‘qiladi? 8. Rasmli fayllar qanday jo‘natiladi? 9. Ilovali xatlar qanday o‘qiladi? 10. Xatni printerda chop etib ko‘ring? amaliy mashg‘ulot 12. Elektron adresni yaratish va registratsiya qilish. Qo‘shimcha pochtalar yaratish. amaliy mashg‘ulot 13. Outlook Express dasturini sozlash. amaliy mashg‘ulot 14. ICQ dasturini sozlash. 51 INTErNETda INFormaTSIoN havFSIZlIK Tayan so‘z va iboralari: Internet tarmoqlari, informatsion xavfsizlik, kompyuter viruslari, informatsion resurslar, viruslardan ximoya, AVP, DRWEB. Ma’lumki Internet tarmoqlararo informatsiyalar almashuvini ta’minlovchi magistraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manbaiga kirish, qisqa vaqt ichida ko‘plab ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqarishni va uning texnik vositalarini masofadan turib boshqarish mumkin. Shu bilan bir qatorda Internetning ushbu imkoniyatlaridan foydalanib tarmoqdagi begona kompyuterlarni boshqarish, ularning ma’lumotlar bazasiga kirish, nusxa ko‘chirish, g‘arazli maqsadda turli xil viruslar tarqatish kabi noqonuniy ishlarni amalga oshirish mumkin. Internetda mavjud bo‘lgan ushbu xavf, informatsion xavfsizlik muammolari bevosita tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Biz oldingi boblarda qayd etib o‘tganimizdek ihtiyoriy tarmoq xizmatini o‘zaro kelishilgan qoida («protokol») asosida ishlovchi juftlik «server» va «mijoz» dastur ta’minoti bajaradi. Ushbu protokollar miqyosida ham «server», ham «mijoz» dasturlari ruh- sat etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajarish vositalariga ega. Masalan, HTTP protokolidagi formatlash komandalari, Web sahifalarda joylashtirilgan tovush, vidioanimatsiyalar va har xil aktiv ob‘ektlar ko‘rinishidagi mikrodasturlar. Xuddi shunday ruxsat etilgan operatsiyalar, aktiv ob‘ektlardan foydalanib Internetda ba’zi bir noqonuniy harakatlarni amalga oshirish, tarmoqdagi kompyu- terlarga va ma’lumotlar bazasiga kirish, hamda ularga tahdid solish mumkin bo‘ladi. Bu xavf va tahdid nimalardan iborat: 52 1. Tarmoqdagi kompyuterlarga ruhsatsiz kirish va uni masofadan turib boshqarish, ularga sizning manfaatingizga zid bo‘lgan dasturlarni joylashtirish mumkin. 2. Web sahifalarda joylashtirilgan «aktiv ob‘ekt»lar agressiv dastur kodlari bo‘lib, siz uchun xavfli «virus» yoki josus dastur vazifasini o‘tashi mumkin. 3. Internetda uzatilayotgan ma’lumotlar yo‘l-yo‘lakay aloqa kanallari yoki tarmoq tugunlarida tutib olinishi, ulardan nusxa ko‘chirilishi, almashtirilishi mumkin. 4. Davlat muassasasi, korxona (firma) faoliyati, moliyaviy ahvoli va uning xodimlari haqidagi ma’lumotlarni razvedka qilishi, o‘g‘irlashi va shu orqali sizning shaxsiy hayotingizga, korxona rivojiga tahdid solishi mumkin. 5. Internetda e‘lon qilinayotgan har qanday ma’lumot ham jamiyat uchun foydali bo‘lmasligi mumkin. Ya’ni, Internet orqali bizning ma’naviyatimizga, madaniyatimizga va e‘tiqodimizga zid bo‘lgan informatsiyalarni kirib kelish ehtimoli ham mavjud. Internet foydalanuvchisi, ushbu xavflarni oldini olish uchun quyidagi texnik yechim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur: 1. Shaxsiy kompyuterga va mahalliy kompyuter tarmog‘iga, hamda unda mavjud bo‘lgan informatsion resurslarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va ushbu jarayonni nazorat qilish imkonini beruvchi texnik va dasturiy usullardan foydalanish; 2. Tarmoqdagi informatsion muloqot ishtirokchilari va ular uzatayotgan ma’lumotlarni asl nusxasiga mosligini tekshirish; 3. Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya usulla- ridan foydalanish; 4. Viruslarga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foyda lanish; 5. Shaxsiy kompyuter va mahalliy kompyuter tarmog‘iga begona shaxslarni qo‘ymaslik va ularda mavjud bo‘lgan ma’lu- motlardan nusxa olish imkoniyatlarini cheklovchi tashkiliy ishlarni amalga oshirish. 53 Bundan tashqari informatsion xavfsizlikni ta’minlash borasida Internet foydalanuvchilari orasida o‘rnatilmagan tartib qoidalar mavjud. Ulardan ba’zi birlarini keltiramiz: • Hech qachon hech kimga Internetdagi o‘z nomingiz va paro- lingizni aytmang; • Hech qachon hech kimga o‘zingiz va oila a’zolaringiz haqidagi shaxsiy, hamda ishxonangizga oid ma’lumotlarni (ismi sharifingiz, uy adresingiz, bankdagi hisob raqamingiz, ish joyingiz va uning xodimlari haqidagi ma’lumotlarni va hokazo) Internet orqali yubormang; • Elektron adresingizdan maqsadli foydalaning, Internet orqali dasturlar almashmang; • Internetda tarqatilayotgan duch kelgan dasturlardan foyda- lanmang. Dasturlarni faqat ishonchli, egasi ma’lum bo‘lgan serverlardan ko‘chiring; • Elektron pochta orqali yuborilgan «aktiv ob‘ekt»lar va dasturlarni ishlatmang, .exe qo‘shimchali o‘z-o‘zidan ochi- luvchi Sizga noma’lum arxiv holidagi materiallarni och- mang; • Elektron pochta xizmatidan foydalanayotganingizda ma’- lumot larni shifrlash zarur, ya’ni kriptografiya usullaridan al- batta foy dalaning; • Egasi siz uchun noma’lum bo‘lgan xatlarni ochmang; • Egasi ma’lum bo‘lgan va uning sifatiga kafolat beruvchi antivirus dasturlaridan foydalaning va ularni muntazam yangi lab boring; • Internetda mavjud bo‘lgan informatsion resurslar va dastur- lardan ularning avtorlari ruxsatisiz foydalanmang; Tarmoqdagi begona kompyuter va serverlarning IR adreslarini aniqlash va shu orqali ruxsat etilmagan serverlar va informat- sion resurlarga kirish, nusxa ko‘chirish, viruslar tarqatish kabi noqonuniy dasturlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmang, bu ji- noyatdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling