5 Adabiyotlar taxlili


Tajribaning iqtisodiy samaradorlik


Download 82.19 Kb.
bet2/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
chala yarim

5. Tajribaning iqtisodiy samaradorlik..........................................46
6. Korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida yuritilgan faol investisiya siyosati........................................................................................48
7. Mehnat va atrof muxitni muhofaza qilish..................................52
Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar..............................................66
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.....................................................68
KIRISH
Respublikamiz Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoni xalqimiz hayotini yaxshilash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib ushbu tarixiy hujjat tarmoqda iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor talablariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq etish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish, hamda ularning mustaqilligini kengaytirish, hamda ularning ishonchli, huquqli muhofazasini ta’minlash yo‘lida muhim omil bo‘lishi shubhasizdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida Prezidentining ushbu farmonlari keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun chiqarilgan qarorlari va 2010 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlsining Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir” mavzusidagi ma’ruzalarida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni, qulay investision muhitni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, fermerlik harakatini mustahkamlash va texnik qayta jihozlash, bank-moliya tizimini rejalashtirishni normativ huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida o‘rin egallaydi.
Sabzavot ekinlari mamlakatimizning hamma joyida yetishtiriladi. Sabzavotlar – bu sersuv, etli va mazali inson istemol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir.
Bularni yetishtirishni tashkil qiluvchi sabzavotkorlar aholini oziq-ovqat ya’ni sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Aholini sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun ularni yetishtirish hajmini oshirish kerak bo‘ladi. Hosildorlikni oshirish, qo‘l mexnatini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga va sabzavotchilikni yiriklashtirish, ixtisoslashtirish, mexanizasiyani ishlab chiqarishga joriy etish aholi ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi.
Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxiri va kuzda yetishtiriladi. Lekin aholini sabzavot bilan ta’minlashdagi bunday mavsumiylikni yo‘qotish uchun himoya qilingan sabzavotchilik maydonlarini ko‘paytirish, ularda sabzavot yetishtirish hajmini oshirish, ochiq yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotni yaxshi xolatda va uzoq saqlashni ta’minlashga erishish kerak.
Sabzavotlar oziq-ovqat sifatida organizmning energiyaga talabini qondira olmasada, vitaminlar bilan ta’minlovchi asosiy mahsulot hisoblanadi. Ular tarkibida ko‘plab darmondorilar uchraydi.
Sazavotlar tarkibida 50 dan ortiq kimyoviy moddalar mavjud. Sabzavotlar tarkibida inson organizmi uchun zarur va oson o‘zlashtiriladigan tuzlar: natriy, kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir, marganes, xlor, yod mavjud.
Sabzavotlar tarkibidagi organik kislotalar, fermentlar, efir moylari va boshqa xushboy moddalar inson ishtahasini yahshilab, uglevodlar va moylar so‘rilishini yaxshilaydi.
Sabzavotlar shifobaxsh hususiyatlari qadimdan ma’lum bo‘lib, ular asab tizimi faoliyatini normallashtiradi, asabiy-ruhiy holatlarni oldini oladi. Bir qator sabzavot o‘simliklari (piyoz, pomidor, qalampir, sarimsoq, turp) tarkibida bakterisid hususiyatga ega bo‘lgan fitonsid mavjud. Ba’zi sabzavotlar quvvatni oshirish hususiyatiga ega.
Sog‘lom insonning oziq-ovqati tarkibida turli zabzavotlar miqdori, sutkalik rasioni ¼ qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Har kuni taxminan 300 gr kartoshka, 400 gr bashqa sabzavotlar istemol qilishi kerak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi jon boshiga sabzavotlar istemol qilishning yillik me’yori o‘rtacha – 146 kg karam, gulkaram, 25-32 kg pomidor, 20 kg poliz mahsulotlari, 6-10 kg piyoz. Sabzavotlar mahsulotlari yillik me’yorini 164 kg gacha oshirish ko‘zda tutilgan.
Sabzavotlar tarkibidagi organik (ayniqsa olma, limon, pomidor, vino, shovul) kislotalar, fermentlar, efir moylari va boshqa xushbo‘y moddalar kishi ishtahasini ko‘zg‘atib oqsillar, uglevodorodlar va moylarning so‘rilishi yaxshilaydi. Insonning ovqat hazm qilish aьzolari serhajm mahsulotlarga odatlangan. Ularni normal ishlashlari uchun ovqatlar tarkibida hazm bo‘lmaydigan ballast – chiqindi moddalar ham bo‘lmog‘i lozim. Bunday moddalarni ham organizmga sabzavotlar yetkazadi.
Sabzavotlarning shifobaxsh xususiyati ham qadimdan maьlum. Ular asab qo‘zg‘alishini normallashtirish va asabiy – ruhiy holatlarni oldini olish imkonini beradi. Bir qator sabzavot o‘simliklari (piyoz, sarimsoqpiyoz, pomidor, qalampir, petrushka, xren, turp tarkibida bekterisid (yemiruvchi) xususiyatiga ega bo‘lgan, fitonsidlar mavjud. Baьzi sabzavotlar (seldereylar va sarimsoqpiyozlar) quvvatni oshirish xususiyatiga ega.
Sog‘lom odamning oziq – ovqatida turli sabzavotlar miqdori sutkalik rasionning ¼ qismidan kam bo‘lmasligi lozim. Har kuni taxminan 300 gramm kartoshka va 400 gramm sabzavot, 300 gramm pomidor sharbati isteьmol qilish zarur. Ma’lumotlarga qaraganda aholi boshiga sabzavotlar iste’mol qilishning o‘rtacha yillik me’yori 146kg, jumhuriyatlar va mintaqalararo 128 kg dan 164 gacha, jumladan: oq boshli karam – 32 – 50 kg, gulkaram, bryussel va savay karamlar – 3 – 5, pomidor – 25 – 32. Poliz mahsulotlari – 20, sabzi – 6 - 10, bodring – 10 – 13, qizilcha – 5 – 10, piyoz – 6 – 10, qovoqcha va baqlajon – 2 – 5, chuchuk qalampir – 7 – 13, ko‘k no‘xat – 7 - 8, hushbo‘y sabzavotlar – 1 – 2 ni tashkil qiladi.



  1. Download 82.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling