5 Adabiyotlar taxlili
Download 82.19 Kb.
|
chala yarim
Adabiyotlar tahlili.
Sabzavotchilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aholini oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sabzavotchilikni rivojlantirish yuqori texnologiyalardan foydalangan holda ularni yetishtirish va saqlash hamda qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil jtishga to‘g‘ri keladi. V.I.Zuyev (1997). Botanik hususiyatiga ko‘ra sabzavotlar 13 turga bo‘linadi. Oziq ovqat maqsadida foydalaniladigan sabzavotlar pomidor, karam, piyoz bo‘lib, kerakli oziqa rasionida o‘z o‘rni bor. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i respublikamiz iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sabzavot mahsulotlari yetarli bo‘lmasa xalqning moddiy faravonligini oshirib bo‘lmaydi. Bu haqida respublikamiz birinchi prezidenti 1994 yil 18 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida jumladan shunday degan edi. Qishloq xo‘jaligini hayotimizdagi ahamiyati haqida ko‘p gapiramiz munozara qilamiz. Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki hayotimizni yaxshilash aholi turmush darajasini ko‘tarish iqtisodiyotimizni samaradorligini oshirish halqimizni boqish istiqlolimizni rejalash hullas qanday muammo, qanday masala ko‘rmaylik ularni aksariyati birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga borib taqaladi. Mana shuning uchun ham farovon hayotni qurmoqchi ekanmiz oldimizda xalq turmushini yaxshilash maqsadini qo‘ygan ekanmiz iqtisodiy islohatlarni avvalo qishloq xo‘jaligi hayoti sohasidan boshlashimiz zarur. I.A.Karimov(1994). Urug‘likning sifatini sabzavot va poliz ekinlarining va pomidorning hosildorligi oshishi va uni sifat ko‘rsatkichida muhim rol o‘ynaydi. Bu urug‘ beruvchi sabzavotning qachon o‘simlikni qaysi organida joylashganiga qarab o‘zgaradi. B. Ahmedov (1980) tomonidan pomidor ertangi navi ustida tajriba o‘tkazildi. Tajriba natijasida N, P li o‘g‘itlar hosildorlikni oshirishi lekin hosilni sifatiga ta’sir etishi aniqlandi. Fosforli o‘g‘itlar esa pomidor hosildorligini 4-5 s/ga oshirishi va urug‘likni sifatiga ta’sir etishi aniqlandi. Tuproqda K yetishmasa o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, shox va poyasi ingichkalashadi, chxshi saqlanmaydi. Agar tuproqda fosfor yetishmasa o‘simlik kam shoxlaydi rivojlantish fazasi cho‘ziladi. Pomidor urug‘ining 1000 donasi 0,5 gr ekanligi tajribada aniqlandi. G.O.Zeman (1976) Pomidor yer sharida eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. Pomidor mevasi to‘yimli va shifobaxsh hususiyatga ega, 3 % shakar, 1 % oqsil, 0,5 % organik kislota, 0,8 % biriktiruvchi to‘qima, 1% pektin anionlari, 0,2 % quruq yog‘, 0,6 % mineral tuzlar mavjud. Ularning tarkibida kaliy natriy, kalsiy, magniy, oltingugurt, kremniy, xlor bor. Ular uglevod darmondorisiga boy (15-30 mg/%, baxzan 55 mg/%). Bundan tashqari RR, K, karatin, V guruh vitaminlariga ham ega. Yer sharida pomidordan 100 dan ortiq turli hil oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Pomidor mevasi yang uzilgan holda achchiq-chuchuk ko‘rinsada tuzlangan, marinadlangan holda istemol qilinadi. Dunyo bo‘yicha 50 mln tonna atrofida pomidor yetishtiriladi AQSH – 6,1-6,3 mln tonna, MDH – 4,7-4,8 mln tonna, Xitoy – 4,1-4,2 mln tonna, Italiya – 4,0-4,1 mln tonna yetishtiriladi. Ilg‘or xo‘jaliklarda pomidordan 250-300 s/ga hosil olinmoqda. Nuriddinov.A (1997) O‘zbekiston sharoitida eyeish uchun Gʻ1 Abigal, Gʻ1 shorlotta, Gʻ1 Astona, AVE-Mariya, Gʻ1 Vilasko kabi duragaylari tavsiya etilgan. Pomidor ko‘chatlari avvaldan sug‘orilgan 80 sm egarga 40 sm oralig‘iga ekiladi. Ko‘chatlar ariq orqali sug‘oriladi. Sug‘orish 4-5 kundan keyin qaytarilib 15-20 kundan so‘ng ko‘chatlar ipga tortiladi va o‘simlik atrofi chopilpdi. Ye.Len (2010). Pomidor o‘simligining hosildorligi kasalliklarini va zararkunandalari ta’sirida kamayib ketadi. Dunyo miqyosida kasallik va zararkundalari ta’sirida 30 % gacha hosildorlik yo‘qoladi va kamayadi. Zararkunandalardan eng xavflisi kuzgi tunlam, poliz shirapi, o‘rgimchakkana, issiqxona oqqanoti ko‘plab zarar yetkazadi. Ular ta’sirida hosildorlik 40-50 % ga cha kamayishi aniqlangan. A.A.Migulin (1971) issiqxona oqqanoti O‘zbekistonda 2000 yildan zarar yetkaza boshlagan. Ular tuproq iqlim sharoiьtiga yorug‘lik, namlik, harorat, oziqa elementlarining yetarli emasligi ham pomidornmi o‘sish rivojlanishiga salbiy ta’sit etadi. Pomidor mevasida turli vitaminlar bor. Pomidorni bargi va poyasida zaharli azotli moddalar bor. Poyasining qaynatib eararkunandalar uchun bo‘tqa tayyorlab sepish mumkin. Tashqi muhit uchun havfsiz bo‘lgan kurash chorasi sifatida undan foydalanish mumkin. O‘zbekiston sharoitida qishgi issiqxonalarda pomidor kuzda ekiladi.Ana shunda yanvar oylarida hosil olinadi yoki keying yil iyulgacha ham parvarish qilinaveradi. Shuningdek qishda ekib martdan-iyulgacha hosil olinadi. Respublikamiz sharoitida Peremoga, Tashkenskiy teplichniy, Maykonskiy urajayniy 2090, Gulqand, Navro‘z, Sonata, Revermuna navlvrini ekishni O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka ilmiy tadqiqot instituti tomonidan tavsiya etilgan. Issiqxonalarda ko‘chat ekiladigan muddat Farg‘ona vodiysida 15-20 avgust hisoblanadi. Kuzgi-qishki davrda ekiladigan ko‘chatlarni 10x10 sm hajmli oziq kubiklarida yetishtirish maqsadga muvofiq. Kasallik yuqtirmaslik uchun ko‘chatlar issiqxonaning o‘zida yetishtiriladi. V Zuyev (1997). Pomidor ko‘chatlari balandligi 30-40 sm pushtalarga ekilib egat bo‘ylab sug‘oriladi. Kuzgi-qishki davr boshlanishida haroratga e’tibor beriladi u 35 oS dan ko‘tarilib ketmasligi kerak. O‘simliklar qizib ketmasligi uchun issiqxona tomi oqlanadi yoki suv yomg‘irlatib turiladi. Lekin harorat 12 oS dan kamayib ketmasligi kerak. Tuproq harorati 15-17 oS bo‘lishi shart. Kun qmsqara borgan sari issiqxonalar harorati asta sekin 18-20 oS ga kechqurun 14-15oS ga tushiriladi. Bundan maqsad fotosintez jarayoni susasgan davrda o‘simliklar nafas olishida assimilyator sarfini kamaytirishdan iborat. Bunda havoning nisbiy namligi imkoni boricha past(60 % dan oshirmay) saqlanadi: bu sharoit pomidor gullari changlanish uchun va kasallikning oldini olishda zarur hisoblanadi. A.Rasulov(1995). Issiqxonalarda pomidor yetishtirishda tuproqning suvli so‘rimini analiz qilish yo‘li bilan tuproqdan oziqlanishini muntazam ravishda nazorat qilib turadi. Qator orasi va o‘simlik tupiьning atrofi chopiladi. Gidroponika usulida pomidor yetishtirish V.Zuyev (1997). Pomidorni bu usulda yetishtirishda ko‘chatlar uchun yerdagiga qaraganda yanada qulay sharoit yaratiladi. Chunki stelatlardagi yoki idishlarga oziq eritmasi yuboriladi uning sathi substrat sarhidan 2-3 sm past bo‘ladi. Shuning uchun o‘simliklar bargi yorilgan zonasiada havo namlanmaydi. Bu usulda yetishtiriladigan issiqxonalarda ko‘chatlar ichiga shag‘al-qum aralashtirib solingan sopol tuvakchalarda yetishtiriladi. Parvarish qilish davrida ko‘chatlar kuniga V.A.Chesnokov eritmasi bilan sug‘oriladi. Ko‘chatlar 7-8 ta barg chiqargandan so‘ng issiqxonaga ko‘ndalangiga jkiladi. Ularni qalin qilib ekilmaydi. Bu usulda o‘simlik tez qariydi. Issiqxonada pomidor yetishtirishda bu usulni ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olish zarur. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i respublikamiz iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki dehqonchilik mahsulot yetarli bo‘lmasa halqning moddiy farovonligini oshirib bo‘lmaydi. Bu haqida respublikamiz prezidenti 1994 yili fevral kuni Vazirlar mahkamasining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida jumladan hayotimizdagi ahamiyati haqida ko‘p gapiramiz, munozara qilamiz. Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‘tarish iqtisodiyotimizni samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqlolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani ko‘rmaylik ularni aksariyat birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligiga borib taqaladi. Mana shuning uchun ham farovon hayot ko‘rmoqchi ekanmiz oldimizga halq turmushini yaxshilash maqsadini qo‘ygan ekanmiz, iqtisodiy islohotni avvalo qishloq hayot sohasidan boshlashimiz zarur. (I. A. Karimov) Urug‘chilikning sifati sabzavot va poliz ekinlarining hosildorligi oshirish va uni sifati ko‘rsatkichida muhim rol o‘ynaydi. Bunda urug‘ beruvchi sabzavotning qachon, o‘simlikni qaysi xolatda joylashtirishga qarab ham o‘zgaradi. B. Axmedov tomonidan (1980) uch yil davomida kartoshka va pomidorni ertagi navi o‘sishda tajriba o‘tkazdi. Tajriba natijasida N,P li urug‘lar hosildorligini oshirishi, lekin hosilni sifatiga taьsir etilishi aniqlandi. Fosforli o‘g‘itlar esa pomidor hosildorligini 5 – 6 s/ga oshirishni, urug‘lik sifatini yaxshilashiga ta’sir etishi ko‘rib chiqildi. Qator orasidagi begona o‘tlar esa hosildorlikni kamaytirishga, ildizmevalarni maydalanishiga olib keladi. Tuproqda K yetishmasa o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, tuganaklar ingichka bo‘lib, yaxshi saqlanmaydi. Agar tarmoqda fosfor yetishmasa o‘simlik kam shoxlaydi, rivojlanish fazasi g‘o‘ziladi. Pomidor va kartoshkaning 1000 don urug‘ining vazni 0.5 g ekanligi tajribalarda aniqlangan. G.O. Zsman (1976). Respublikamizda yetishtirilayotgan mevalar va uzum ekologik jixatdan sof bo‘lib, ulardan yuqori ko‘p miqdorda qimmatli oziq moddalari va darmon – dorilari bor. Bundan tashqari yangi uzilgan uzum yuqori sifatli vino mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ajoyib xom ashyo hisoblanadi. Respublika vinochilari har yili 16.5 million flikatr vino materiallari tayyorlangan vinolar 92 ta medal bilan taqdirlangan. O‘zbekistonda 5 million tonnagacha meva – sabzavot va uzum yetishtirilmoqda. Bu esa respublika bozorining extiyojlaridan ancha ortiqdir. Miqdori mevalarning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib, qulupnay uchun o‘rtacha 7 %, olmada 9.5 % anor va olxo‘rida 10 %, olchada 11 %, uzumda 15 % bo‘ladi. Xom – ashyo tarkibidagi xushbo‘y va bo‘yoq moddalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, sharbatlarning sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Po‘stlog‘i bo‘yalgan, maьlum bo‘lmagan olcha navlari sharbat uchun yaroqsiz hisoblanadi. Sharbat ishlab chiqarish uchun urilgan, lat yegan mevalar ham yaroqlidir. Shuningdek mevasiing shakli ham axamiyatga ega emas. Ammo mog‘orlagan, chirigan mevalar ham shaarbat taьmini buzilishi va sharbatning noxush hidni bo‘lishiga olib kelish mumkin. V. V. Zuyev. (1997). Dastlabki ishlov berilgan xom – ashyoni yengish va sharbat chiqish miqdorini ko‘paytirish maqsadida yangilagan mahsulotga turli xil ishlovlar berishdan iborat mahsulotga turli xil ishlovlar berilishidan iborat. Sharbatning qonchalik darajada ajralishi xom – ashyosining yangilanish darajasi, uning tarkibidagi pektin moddalari miqdori, qoldiqning kolloid sistemasi holati bo‘ladi. Shuning uchun ham yengish jarayoninin o‘ziga xos xususiyatlari bor. Download 82.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling