5 Adabiyotlar taxlili


Download 82.19 Kb.
bet4/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
chala yarim

2. Umumiy qism
2.1 Tajribani maqsadi va vazifasi.
Tajribada pomidor zararkunandalariga qarshi kurashni xosildorlikka ta’sirini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Aholini sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ochiq maydonda pomidor yetishtirish imkoniyati o‘rganildi.
Maqsad aholini sifatli pomidor mevalari bilan ta’minlashdan iboratdir. Pomidorni qayta ishlangan, ya’ni sok qilingan, tuzlangan xolatda istemol qilish mumkin. Lekin sof yangi xolda istemol qilinsa organizmga juda foydali bo‘ladi. Shuning uchun kuzgi-qishki mavsumda pomidor yetishtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda kuzgi-qishki, oraliq, qishki-bahorgi mavsumlarda oynaband va polietilen plyonkali issiqxonalarda asosan pomidor, bodring, shirin qalampir, ko‘k piyoz, turli ko‘katlar, qulupnay, gullar va limon yetishtiriladi.
Kuzgi-qishki mavsumda tuproqqa asosiy ishlov berishdan oldin har bir gektar issiqxona maydoniga kamida 400 tonna chirindi va 100—150 tonna g‘ovaklashtiruvchi modda (qipiq, somon maydasi) solinishi lozim. Issiqxonalarga pomidor urug‘i iyun oyining oxiri iyulning boshlarida sepiladi. Ko‘chatlari avgust oyi boshida o‘tqaziladi.
Qishki-bahorgi mavsum uchun pomidor urug‘lari noyabr oyi oxirlari - dekabrning boshlarida ekilsa, ko‘chatlar yanvar oyi oxiri, fevralning birinchi o‘n kunligida o‘tqaziladi.


2. 1. Tajriba issiqxonasini tuprog‘i tavsifi
Pomidorning o‘sishi va rivojlanishi, hosili hamda sifatiga azotli oziqlanish rejimi, ekish bilan beriladigan me’yori, qo‘llash muddatining ta’sirini o‘rganish uchun dala tajribalari qo‘yildi. Dala tajribalari Farg‘ona shahrida joylashgan issiqxonada soz tuproqlar sharoitida olib borildi.
Tuproq hosil qiluvchi ona jinsi asosan lyoss hamda allyuvial yotqiziqlardan iborat bo‘lib, yuqori karbonatlilik uchraydi, shuning uchun ham tuproq suvli so‘rim muhiti neytral va kuchsiz ishqorlidir. Daryo o‘zanidan tashqari, allyuvial tekislik uchta terassaga bo‘linganligi yaqqol sezilib turadi. Birinchi terassa to‘lqinsimon cho‘zilgan bo‘lib, tuproqlari qalin, shag‘al qumlar bilan qoplangan, ba’zida qumloq keltirilmalar ustida hosil bo‘lgan. Sizot suvlari sathi yuzada (0 – 5, 1,0 m), chuchuk. Ikkinchi terassa birinchisidan 5 – 7 m baland tekisliklarda joylashgan bo‘lib, tuproqlari allyuvial va agroirrigasion keltirilmalar ustida paydo bo‘lgan.
Tuproq qatlamlari mexanik tarkibiga ko‘ra ko‘pincha og‘ir va o‘rtacha qumoqdir. Sizot suvlari 4 – 5 m chuqurlikda joylashgan, chuchuk. Uchinchi terassa ikkinchisidan 15 – 20 m balandlikda joylashib, ayrim mintaqalarda ushbu yuqorilik sezilmaydi. Ikkinchi terassadan kengroq maydonlarni egallaydi, kuchsiz to‘lqinsimon past tekisliklardan iborat bo‘lib, asta sekin tog‘ etagi tekisliklarga tutashib ketadi.
O‘tloqi – soz tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir va o‘rtacha qumoqli, fizik soz va changning ko‘pligi (45 – 50 %) bilan tavsiflanadi. Yirik fraksiyalarning mineralogik tarkibi kvars, dala shpati, gidroslyudalar va kalsiydan iborat. Yuqori dispers minerallardan gidroslyudalar, montmorillionit guruhiga kiruvchi minerallar hamda xlorid, vermikulit, amorf moddalar uchraydi. O‘tloq–bo‘z tuproqlarning asosiy xususiyatlaridan biri karbonatlarning va gumus miqdorining ko‘pligidir.
Tuproqning A qatlamida gumus miqdori 1,2 %, umumiy azot miqdori 0,1 – 0,2 % ni tashkil qiladi. O‘tloqi – soz tuproqlar singdirish sig‘imi 8 – 10 mg ekv 100 gr tuproqda (Rozanov 1948; Kaurichev, 1982; Musayev, Akbarov, 1996) tashkil etadi. Singdirilgan kationlarning 60 – 75 foizi Sa+2 ioniga, 10 – 15 foizi Mg+2 ioniga to‘g‘ri keladi.
O‘tloqi – soz tuproqlar singdirish sig‘imining 7 – 8 foizi K+ va Na+ ioniga to‘g‘ri keladi. K+ ioni Na+ ioniga nisbatan ko‘p miqdorda uchraydi. Madaniylashgan tuproqlarda Na+ deyarli uchramaydi.
Tajriba dalasining tuproqlarini agrokimyoviy tavsiflash uchun har yili bahorda xaydov qatlami (0 – 30 sm) va haydov osti qatlamidan (30 – 60 sm) tuproq namunalari olinib tahlil qilindi.
1-jadval

Download 82.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling