5-amaliy dars: Bog’liq bo’lmagan tajribalar ketma-ketligi. Muavr-Laplasning limit teoremalari


Download 28.34 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi28.34 Kb.
#1021438
  1   2   3
Bog'liq
5-amaliy dars


5-amaliy dars:
Bog’liq bo’lmagan tajribalar ketma-ketligi. Muavr-Laplasning limit teoremalari.
Faraz qilaylik, n ta erkli takroriy sinovning har birida A hodisaning ro`y berish ehtimoli p, ro`y bermaslik ehtimoli q=1–p bo`lsin. Shu n ta sinovdan A hodisaning (qaysi tartibda bo`lishidan qat’iy nazar) rosa k marta ro`y berish ehtimoli Pn(k) ushbu Bernulli formulasi bilan hisoblanadi.

A hodisaning o`tkazilayotgan n ta erkli takroriy sinov davomida kamida k marta ro`y berish ehtimoli

Pn(k)+Pn(k+1)+…+Pn(n)

ko`pi bilan k marta ro`y berishi ehtimoli esa

Pn(0)+ Pn(1)+…+ Pn(k)
formulalar bilan hisoblanadi.
Agar n ta erkli sinovda hodisaning k0 marta ro`y berish ehtimoli sinovning boshqa mumkin bo`lgan natijalari ehtimollaridan kichik bo`l-masa, u holda k0 soni eng ehtimolli son deb ataladi va u quyidagi qo`sh tengsizlik bilan aniqlanadi:

np – q < k0 < np + p.

Eng ehtimolli son k0 ushbu shartlarni qanoatlantiradi:



  1. agar np–q kasr son bo`lsa, u holda bitta eng ehtimolli k0 son mavjud bo`ladi;

  2. agar np–q butun son bo`lsa, u holda ikkita k0 va k0 +1 eng ehtimolli sonlar mavjud bo`ladi;

  3. agar np butun son bo`lsa, u holda eng ehtimolli son k0 =np bo`ladi.

1-misol. Har bir otilgan o`qning nishonga tegish ehtimoli p= Otilgan 10 ta o`qdan uchtasining nishonga tegish ehtimolini toping.
Yechish: n=10; k=3; p= ; q= . U holda Bernulli formulasiga asosan:

2-misol. Tanga 6 marta tashlandi. Gerbli tomon tushishlarning eng ehtimolli sonini toping.
Yechish: Berilgan masalaning shartlariga ko`ra n=6, p=q=1/2. U holda gerbli tomon tushishining eng ehtimolli soni k0 ni


yuqoridagi formuladan foydalanib topamiz.
Demak, eng ehtimolli son k0=3 bo`ladi.

Download 28.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling