5-amaliy ish mavzu: avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash Ishdan maqsad
Ikkinchi guruh yo‘l to‘siqlari quyidagi joylarga o‘rnatiladi
Download 248.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-AMALIY ISh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘naltiruvchi qurilmalar quyidagilar
- Yo‘naltiruvchi ustunchalar
Ikkinchi guruh yo‘l to‘siqlari quyidagi joylarga o‘rnatiladi:
I darajali yo‘llarni avtobus to‘xtash joylarini butun uzunligi bo‘yicha va ikki tomonga 20 m masofa uzunlikda o‘rnatiladi; Transport tonellarida trotuarni bitta tasmasida piyodalarni harakat jadalligi 100 odam/soat dan ko‘p bo‘lsa o‘rnatiladi. Svetofor bilan boshqariladigan piyodalar o‘tish joylarida yo‘lni ikki tomonida 50 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘tish joyini ikki tarafiga panjarasimon to‘siq joylashtiriladi. Er osti va er usti piyodalar o‘tish joylarida piyodalarni betartib harakatini to‘xtatish uchun 50-100 m masofada balandligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan panjarasimon to‘siqlar yo‘lni ikki tomoniga o‘rnatish ko‘zda tutiladi. 5.4-rasm. 2-guruh yo‘l to‘siqlari 5.5-rasm. 2-guruh yo‘l to‘siqlarini qo‘llash Yo‘naltiruvchi qurilmalar quyidagilar: yo‘naltiruvchi ustunchalar; sun’iy yoritgichli tumbalar; xavfsizlik orolchalari. Yo‘naltiruvchi qurilmalar vazifasini yo‘l to‘siqlari ham bajarishi mumkin, agarda ularga yo‘l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plyonkalar yopishtirilgan bo‘lsa. Yo‘naltiruvchi qurilmalar yo‘l yoqasini chetini, xavfli to‘siqlarni kechasi va yomon sharoitlarda ko‘rinishini ta’minlashi uchun qo‘llaniladi. Yo‘naltiruvchi ustunchalar avtomobil yo‘llarini yoritilmaydigan uchastkalarida, yo‘l to‘siqlari o‘rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda o‘rnatiladi: 1. Bo‘ylama kesimda egri uchastkalarga yaqinlashish joylarida ko‘tarmani balandligi 2 m dan oshmagan va harakat jadalligi 1000 avt/sut dan ko‘p bo‘lganda yo‘lni har ikki tomoniga 3 tadan yo‘naltiruvchi ustuncha qo‘yilib ularning orasi 10-50 m qabul qilinadi. Egri uchastkani o‘zida esa uni radiusiga bog‘liq holda 3-jadvalga asosan belgilanadi. 2. Yo‘lning to‘g‘ri uchastkasida ko‘tarmani balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan va harakat jadalligi 1000 avt/sut dan ko‘p bo‘lgan joylarda yo‘naltiruvchi ustunchalarni orasi 50 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi plyonka yopishtirilgan bo‘lsa) yoki 100 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi plyonka yopishtirilmagan bo‘lsa) belgilanadi. 3. Rejadagi egri uchastkada oldindan har ikki tomonga uchtadan va egrilikda radiusga qarab 5.1-jadval asosida qo‘yiladi; 4. Chorrahadagi egri uchastkalarda 5.2-jadval asosida. 5. Avtomobil yo‘li botqoqliklardan o‘tganda, kanallarga parallel joylashganda yo‘naltiruvchi ustunchalar har 10 m masofada o‘rnatiladi. 6. Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichning har ikkala tomoniga 10 m masofada 3 tadan; Suv o‘tkazuvchi quvurlarda har ikki tomonga agarda quvur diametri 1.5 m dan kichik bo‘lsa 1 tadan, agar katta bo‘lsa 3 tadan qo‘yiladi. Yo‘naltiruvchi ustunchalar yo‘l yoqasini chetidan 0.35 m dan kam bo‘lmagan masofada va yo‘l qatnov qismi chetidan 0.75 m dan kam bo‘lmagan masofada yo‘l chetiga joylashtirilib, ularni balandligi 0.75-0.8 m belgilanadi. 5.1-jadval
5.2-jadval
5.6-rasm. Ishora ustunchalarini o‘rnatish (chizmadagi o‘lchamlar metr hisobida) Topshiriq. Talabalar berilgan topshiriqqa asosan 1 va 2 guruh yo‘l to‘siqlari va yo‘naltiruvchi ustunchalar bilan avtomobil yo‘lini muhandislik jihozlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar asosida loyihalash sxemasini chizishadi, topshiriqni chizmasi va xulosani yozma ravishda topshirishadi. Download 248.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling