5-amaliy mashg’ulot. Ishdan maqsad
Download 1.52 Mb.
|
5-Amaliy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI
- Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi
5-amaliy mashg’ulot. Ishdan maqsad: Power Point dasturida turli xil ko‘rinishdagi slaydlardan tashkil topgan ko‘rgazmali taqdimot materiallarini tayyorlash ko‘nikmasini hosil qilish. Ish haqida nazariy ma’lumot 1.Power Point dasturida turli xil slaydlardan tashkil topgan ko‘rgazmali taqdimot materiallarini tayyorlash Microsoft PowerPoint dasturi - universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. Slayd (slayd) ma'lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko‘rgazmani tashkil qilish slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir. Ish tartibi 1. POWER POINT dasturini ishga tushirish. 2. Yangi slayd tashkil qilish buyrug‘ini ishga tushirish. 3. Slaydning titul varag‘ini tashkil qilish. 4. Главная menyusining Слайды bo‘limining Создать слайд buyrug‘i orqali slaydlar ketma-ketligini tashkil qilish. 5. Slaydga rasm, jadvalli ma’lumot, diagramma va hokazolarni joylashtirish. 6. Tayyorlangan slaydlarga animatsiya o‘rnatish. 7. Показ слайдовНачать показ слайдов bo‘limining buyruqlari orqali tashkil qilingan slaydni ekranda namoyish qilish. 8. POWER POINT dasturi bilan ishni yakunlash. “Windows tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirlash. Word dasturi” mavzusida ko‘rgazmali taqdimot tayyorlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. 1. Slaydning titul varag‘ini tashkil qilamiz. 1. Buning uchun Заголовок слайда oynasiga «Windows tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirlash.Word dasturi» jumlasini kiritamiz. Sarlavha uchun shrift o‘lchamini 40, uning rangini esa qizil rang deb belgilaymiz. Средство рисования – Формат menyusining Стили WordArt bo‘limidan Анимация buyrug‘ini tanlab, kerakli Отражения o‘rnatamiz. 2. Подзагаловок слайда oynasiga «TAQDIMOT» jumlasini kiritamiz. Qism (подзаголовок) sarlavha uchun shrift o‘lchamini 44, uning rangini esa yashil rang deb belgilaymiz. Kichiq sarlavha uchun osmon soyasini o‘rnatamiz. 1. Дизайн menyusining Темы bo‘limidan “Эффекты”ni tanlaymiz. 5. Slayd effektini o‘rnatamiz: - sarlavha uchun matn harflarining o‘ng tomondan paydo bo‘lishi; - kichiq sarlavha uchun matn harflarining pastki tomondan paydo bo‘lishi.Foydalanuvchi slaydga o‘zi xohlagan shrift o‘lchamini, fonini berishi va ixtiyoriy animatsiya o‘rnatishi mumkin. 2. «Microsoft Word dasturi ishchi oynasi» nomli slayd tashkil qilamiz. 1. Заголовок слайда oynasiga «Microsoft Word dasturi ishchi oynasi» matnini kiritamiz. Shrift o‘lchamini 44, uning rangini osmon rangi, soyasini qora rangda o‘rnatamiz. 2. Текст слайда oynasiga Microsoft Word dasturi ishchi oynasi rasmini kiritamiz. 3. «MS Word dasturining Главная menyusi va uni sozlash» nomli slayd tashkil qilamiz. 1. Слайд заголовок oynasiga «MS Word dasturining Главная menyusi va uni sozlash» matnini kiritamiz. Shrift o‘lchami 44, rangini osmon rangi qilib tanlaymiz. 2. Текст слайда oynasiga «MS Word» dasturining Главная menyusi va uni sozlash» rasmini kiritamiz. 4. «MS Word dasturining Вставка menyusi va uni sozlash» nomli slayd tashkil qilamiz. 1. Слайд заголовок oynasiga «MS Word dasturining Вставка menyusi va uni sozlash» matnini kiritamiz. Shrift o‘lchamini 44, rangini osmon rangi qilib tanlaymiz. 2. MS Word dasturining Вставка menyusi rasmini kiritamiz. 5. «Microsoft Word dasturida jadvallar bilan ishlash» nomli slayd tashkil qilamiz. 1. Слайд заголовок oynasiga «Microsoft Word dasturida jadvallar bilan ishlash»matnini kiritamiz. Shrift o‘lchamini 44 deb olamiz. 2. Текст слайда oynasiga Таблица muloqot oynasi rasmini kiritamiz. 6. “Microsoft Word matn prosessorida rasm va sxemalar chizish”.nomli slayd tashkil qilamiz. 1. Слайд заголовок oynasiga «Microsoft Word matn prosessorida rasm va sxemalar chizish» matnini kiritamiz. Shrift o‘lchamini 44 deb olamiz. 2. Microsoft Wordda rasm va sxemalar chizish uchun Вставка menyusidan Teкст, Иллюстрации bo‘limlaridan foyidalaniladi. Иллюстрации bo‘limining Фигуры tugmasi yordamida turli ko‘rinishdagi chiziqlar, strelkalar, blok – sxemalar chizish uchun esa kerakli figuralarni hosil qilish mumkin. «Фигуры» buyrug‘ining rasmi kiritiladi. 2. Ko‘rgazmali taqdimot materiallariga maxsus animatsion effektlar berish PowerPoint taqdimotlar dasturi o‘zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsiya effektlari, tovush, videokliplardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi.Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan taqdimotlarni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot tuzish bu - qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, slaydlar ketma-ketligini yaratish va bezagini berishdir. Анимация bu - matn yoki obyektga qo‘yiladigan maxsus visual yoki tovushli effektlardir. Animatsion effektlarni qo‘llash uchun Анимация menyusidan foydalaniladi. Animatsion effekt qo‘llanilishi kerak bo‘lgan obyekt belgilanadi va kerakli animatsion effekt tanlanadi. Ko‘rgazmali taqdimotga maxsus animatsion effektlar berib, bo‘lganimizdan so‘ng Показ слайдов menyusidan foydalangan holda taqdimotni namoyishga tayyorlanadi. II. AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI 1. “Men hozir o‘rganadigan fanlar haqida” mavzusida taqdimot tuzing. 2. Taqdimot slaydlari amalda o‘rganayotgan fanlaringizdan iborat bo‘lsin. Slayd sarlavhalariga fanlarning nomi keltiriladi 3.Slaydlar matnlari siz o‘rganayotgan fanlarning predmeti, maqsadi o‘rganish sohasi kabi ma’lumotlardan iborat bo‘lsin. Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi: 1. Amaliy mashg`ulot ishining uslubiy qismini o`rganib chiqing. 2. Topshiriqlar to`plamidan topshiriqlarni tanlab oling. 3. Topshiriqni qo`yilgan sharti asosida bajaring va daftaringizga rasmiylashtiring. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling