5-Amaliy mashg‘ulot xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o‘qitish


Download 41.68 Kb.
bet6/6
Sana23.03.2023
Hajmi41.68 Kb.
#1287963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HFX 5-Amaliy mashg\'ulot

Imtiyozlar va to‘lovlar;
— jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish usullari.
Imtihon savollari texnologik jarayonning o‘ziga xos tomonlarini, mutaxassis rahbarlarga qo‘yiladigan malaka talablari va mahalliy sharoitlami hisobga olgan holda tuzilib, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirishning quyidagi turlari belgilangan: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari. Lavozimlarga ishga tushgan kundan boshlab bir oydan o‘tkazmay tegishli imtihon komissiyasi bilimlarni tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Davriy bilimlarni tekshirish kamida uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Quyidagi holatlarda ushbu nizomda qayd qilingan rahbarlar va mutaxassislarning bilimlari navbatdan tashqari tekshiriladi:
— mehnat muhofazasi bo‘yicha yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan me’yoriy hujjatlar amalga kiritilganda;
— yangi texnologik jarayonlar yoki yangi uskunalar o‘rnatilganda;
— xodim bilimini mehnat muhofazasidan boyitish talab qilinadigan yangi ish joyiga o‘tkazilganda;
— guruhiy o‘lim yoki nogironlik bilan tugagan baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda hamda halokat, portlash, yong‘in va zaharlanish hollari ro‘y berganda;
— ishda bir yillik uzilish sodir bo‘lganda;
— Davlat nazorat tashkilotlari talablariga ko‘ra.
Bilimlarni navbatdan tashqari nazorat qilish ayrim hujjatlar talablari chegarasida o‘tkazilishi mumkin. Bu hujjatlaming ro‘yxatlari yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi.
Bilimlarni tekshirish natijalari bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va imtihon komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan irnzo chekiladi. Bu bayonnoma 6 yildan kam bo‘lmagan muddatda korxonaning mehnat muhofazasi yoki kadrlarbo‘limida saqlanadi.
Ishlab chiqarish o‘ta xavfli bo‘lgan korxona mutaxassis va rahbarlari mehnat muhofazasidan imtihon topshirganlarida, ularga maxsus shahodatnoma beriladi. Shahodatnomaga komissiya raisi (yoki uning muovini) va a’zosi bo‘lgan Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasining nazoratchisi imzo chekadi.
Bunday shahodatnomaning mavjudligi rahbar yoki mutaxassisni ushbu Nizomning 28-bandida keltirilgan masalalar bo‘yicha tekshiruvdan ozod qilmaydi. Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta topshirish sharti bilan o‘z lavozimida qoldirilishi mumkin.
Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar korxonaning attestatsiya komissiyasiga, uning lavozimiga mos emasligini kо‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasi yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish korxona rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish bo‘limlari zimmasiga yukianadi. Nazorat huquqi Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasiga yuklanadi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari tekshirilishidan bo‘yin tovlagan mutaxassis va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi.
Download 41.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling