5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-bob. Reyestrdan ko’chirmalarni tayyorlash tartibi


Download 177.47 Kb.
bet41/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
5-амалий

7-bob. Reyestrdan ko’chirmalarni tayyorlash tartibi
84. Yuridik va jismoniy shaxslar Reyestrdan ko’chirmalarni elektron shaklda Davlat xizmatlarining yagona portali yoki O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi rasmiy saytidan olishlari mumkin.
85. Bitta yer uchastkasida joylashgan alohida binolar va inshootlar yoxud ularning bir qismi boshqa shaxslarga o’tkazilganda, notarial idoralar so’rovi bo’yicha Reyestrdan ko’chirma tayyorlashdan oldin ikki ish kuni mobaynida joyga chiqib boshqa shaxslarga o’tkazilayotgan binolar, inshootlar yoki ularning bir qismi tarkibi aniqlanadi, shundan so’ng mazkur bobda belgilangan tartibda Reyestrdan tegishli ko’chirma tayyorlanadi.
86. Yuridik va jismoniy shaxslarda Reyestrda ro’yxatga olingan huquqlar mavjud bo’lmagan taqdirda, ro’yxatdan o’tkazilgan ko’chmas mulk obyektining yo’qligi haqida Reyestrdan ko’chirma beriladi, bu ko’chirma yuridik yoki jismoniy shaxsda ko’chmas mulk obyekti yo’qligining tasdig’i (ma’lumotnoma) bo’lib xizmat qiladi.
87. Ko’chirmada:
davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud ko’chmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquq egalari haqida;
Reyestrda mavjud ro’yxatga olingan huquqlar haqida;
sudlar, tergov organlari hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ko’chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo’yilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qo’yilganini, shuningdek, ularni ro’yxatdan o’tkazish sanasi va raqamini ko’rsatgan holda;
ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga bo’lgan ashyoviy huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish haqida;
yer uchastkasiga bo’lgan servitutning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqida;
binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida;
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bo’yicha mo’ljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
88. Vakolatli davlat organlari, huquq egalari yoxud huquq egasining ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxslar murojaatlari bo’yicha ko’chmas mulk obyektiga huquqlarni belgilovchi va texnik hujjatlarning nusxalari berilishi mumkin.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling