5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-bob. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo’lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to’g’risidagi shartnomalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi


Download 177.47 Kb.
bet40/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
5-амалий

6-bob. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo’lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to’g’risidagi shartnomalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
54. Ipoteka to’g’risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan olinadigan ko’chmas mulk olish chog’idagi ipoteka to’g’risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Ipoteka to’g’risidagi shartnoma O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi o’rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka to’g’risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo’li bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ipoteka to’g’risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosidagi davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos hisoblanadi.
Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan hamda ro’yxatga olish uchun yig’im to’lamasdan davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
55. Ipoteka to’g’risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazishda notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan Markazga elektron shaklda tuzilgan ipoteka shartnomasi haqida axborot taqdim etiladi.
Markaz ipoteka to’g’risidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida ro’yxatga oladi va ipoteka taqiqi qo’yadi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab, qarz oluvchining qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlarda davlat ro’yxatidan o’tkazishni ta’minlash, shuningdek, uy-joyga bo’lgan ro’yxatdan o’tkazilgan mulk huquqi haqidagi hujjatning va kredit shartnomasining nusxalarini qonun asosidagi ipoteka davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqida shtamp bosilgan holda bankka taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
56. Ipoteka to’g’risidagi shartnomani davlat ro’yxatidan o’tkazish ariza Markaz tomonidan ko’rib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Markaz tomonidan Reyestrga ipoteka shartnomasining ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka to’g’risidagi shartnoma davlat ro’yxatiga olingan kun hisoblanadi.
57. Agar, ipoteka to’g’risidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo’lsa, bu to’g’rida Reyestrda ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bunda Reyestrga «Garov xati berilgan» so’zlari kiritiladi va davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi ko’rsatiladi.
58. Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan ko’chirma beriladi.
59. Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan o’zgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga bo’lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qo’yuvchidan boshqa shaxsga o’tkazilganida ipoteka qo’shimcha ravishda davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatda amalga oshirilgan o’zgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
60. Markaz ipotekani qo’shimcha ravishda davlat ro’yxatidan o’tkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Reyestrga shartnoma, ipoteka to’g’risida yozuvlar ipoteka shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasi va tartib raqami, ko’chmas mulk obyektiga nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga bo’lgan huquq to’g’risidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlarini kiritadi;
Reyestrning tegishli ustunlarida dastlabki ipotekaga qo’yuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) to’g’risidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka to’g’risidagi yangi yozuv inobatga olingan holda o’zgartiriladi.
61. Ipotekaga qo’yuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud bo’lgan yoki shikastlangan ko’chmas mulk obyektini tiklash yoki almashtirish to’g’risida bitim tuzilganda Reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
62. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, qaysi shaxsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan bo’lsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka bo’yicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
63. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazishda Reyestrning tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.
64. Agar bitta ko’chmas mulk obyekti bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada bo’lsa, u holda Reyestrga ipoteka davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida tegishli yozuv kiritiladi.
65. Qonun asosidagi ipotekaning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan ko’chirma beriladi.
66. Bir majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun ipoteka to’g’risidagi shartnoma bo’yicha garovga qo’yilgan ko’chmas mulk obyekti (oldingi ipoteka) shu yoki boshqa qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun o’sha ipotekaga oluvchining o’ziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
67. Keyingi ipotekaga ayni ushbu ko’chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to’g’risidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qo’yiladi.
Bunda ariza beruvchiga keyingi ipotekani ko’rsatgan holda Reyestrdan ko’chirma beriladi.
68. Navbatdagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish Reyestrga mazkur ko’chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to’g’risida yozuvlar bo’lgan tegishli ustunlariga «Navbatdagi ipoteka» so’zlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
69. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bo’yicha va ipoteka to’g’risidagi shartnoma bo’yicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib o’rnatilmagan bo’lsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
70. Ipoteka davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin garov xati davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan ipotekaga qo’yuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
71. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qo’yuvchi davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar va bu haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga o’zgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov xatini beradi, ushbu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati o’rniga topshiriladi.
72. Garov xatining mazmuni ipoteka to’g’risidagi shartnomaga yoki ipoteka bilan ta’minlangan shartnomaga majburiyatga muvofiq kelmasa, amaldagi garov xati ipotekaga qo’yuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov xati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga beriladi.
73. Yangi garov xati ipotekaga qo’yuvchi tomonidan kiritiladigan ma’lumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani o’z ichiga olishi, unda davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan garov xati ro’yxatdan o’tkazilganligi haqida belgi qo’yilishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
74. Bekor qilingan garov xati birinchi varag’ining old tomoniga ro’yxatdan o’tkazish yozuvini bekor qilish haqida «Bekor qilindi» shtampi bosiladi, unda bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi ko’rsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Bekor qilingan garov xati davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organda ipoteka to’g’risidagi ro’yxatdan o’tkazish yozuvini Reyestrdan chiqarib tashlash vaqtigacha saqlanadi.
75. Garov xati yo’qolgan taqdirda ipotekaga qo’yuvchi tomonidan garov xatining dublikati tuziladi va davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga garov dublikatini rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
76. Garov xatining mazmuni o’zgargan taqdirda uning egasi yangi garov xatini ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.
Davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ garov xati mazmunining o’zgargani to’g’risidagi bitim davlat ro’yxatidan o’tkazilgani haqidagi yozuvni Reyestrga kiritadi.
77. Garov xatining mazmunini o’zgartirish to’g’risidagi bitimning davlat ro’yxatidan o’tkazilgani bitimga hujjatlardagi ro’yxatdan o’tkazilganlik ustxati shtampi bosish yo’li bilan tasdiqlanadi, unda «Davlat ro’yxatidan o’tkazildi» so’zlaridan oldin «Garov xatining mazmunini o’zgartirish to’g’risidagi bitim» so’zlari ko’rsatiladi.
78. Garov xatining ajralmas qismi bo’lgan mazmunini o’zgartirish to’g’risidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.
79. Garov xatining qonuniy egasi davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organdan o’zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishini talab qilishga haqlidir.
80. Garov xatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilar asosida ro’yxatdan o’tkaziladi:
garov xati bo’yicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaxsga o’tkazish hamda garov xatiga belgi qo’yish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo’lsa, garovga o’tkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan va garov xatini belgilangan tartibda sotgan bo’lsa;
garov xati bo’yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
garov xati bo’yicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilgani to’g’risidagi sud qarori asosida.
81. Garov xatining qonuniy egasini ro’yxatdan o’tkazish Reyestrning dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi ko’rsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi to’g’risida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Reyestrdagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
82. Garov xatining egasiga Reyestrga tegishli ro’yxatdan o’tkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda Reyestrdan ko’chirma berilishi mumkin.
Bunda ro’yxatdan o’tkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda mazkur ko’chirmaga ipoteka ko’rsatilgandan so’ng «Garov xatining qonuniy egasi» so’zlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar kiritiladi.
83. Garov xatining garovini Reyestrga tegishli yozuvlar kiritish orqali ro’yxatdan o’tkaziladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling