5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


Download 177.47 Kb.
bet1/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-амалий


5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.03.00 Моддий неъматлар / 03.04.03.02 Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатига олиш]
[ТСЗ:
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Уй-жой қонунчилиги. Коммунал хизмат]
O’zbekiston Respublikasining Qonuni
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 21 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022 yil 7 oktyabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi
Ushbu Qonunning maqsadi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi ko’chmas mulkning quyidagi turlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:
yer uchastkalariga;
binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
ko’p yillik dov-daraxtlarga;
mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi qonunchilik
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling