5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ro’yxatdan o’tkazuvchilar yoki bosh ro’yxatdan o’tkazuvchilar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari


Download 177.47 Kb.
bet9/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
5-амалий

22-modda. Ro’yxatdan o’tkazuvchilar yoki bosh ro’yxatdan o’tkazuvchilar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari
Ro’yxatdan o’tkazuvchi yoki bosh ro’yxatdan o’tkazuvchi:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq masalalar bo’yicha uchinchi shaxslarning ishonchli vakili bo’lish;
jismoniy va yuridik shaxslarga haq olish evaziga yordam berish yoki vositachilik qilish;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni o’z nomiga, o’zining yaqin qarindoshlari nomiga, shuningdek davlat ro’yxatidan o’tkazish natijalaridan shaxsan manfaatdor bo’lgan holatda davlat ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega emas.
5-bob. Davlat reyestrini yuritish
23-modda. Davlat reyestrining mazmuni va uni yuritish
Davlat reyestri ko’chmas mulk, unga bo’lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to’g’risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar to’plamidan iboratdir.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o’tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko’chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
ko’chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo’lgan soliq to’lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikasiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikasiya raqami;
huquq egasining ulushi;
yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan yeri, huquq turi, kadastr qiymati;
yer uchastkasiga bo’lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
yer uchastkasining mo’ljallangan maqsadi;
yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarning cheklanishi;
servitutlar;
binolarning, inshootlarning, ko’p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro’yxati;
binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
binolarga, inshootlarga va ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
binolarga, inshootlarga va ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan huquqlarning cheklanishi;
ipoteka to’g’risidagi axborot;
mulkiy majmua sifatidagi korxona tarkibidagi uning faoliyati uchun mo’ljallangan barcha mol-mulkning turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, jihozlar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsulotini, ishlarni va xizmatlarni individuallashtiruvchi o’ziga xos belgilarga (firma nomiga, tovar belgilariga, xizmat ko’rsatish belgilariga) bo’lgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o’tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kun, oy, yil.
Davlat reyestri davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling