5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Davlat reyestri ma’lumotlarining but saqlanishini ta’minlash


Download 177.47 Kb.
bet10/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
5-амалий

24-modda. Davlat reyestri ma’lumotlarining but saqlanishini ta’minlash
Davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlar va ularga kiritiladigan o’zgartishlar davlat reyestrida doimiy ravishda saqlanishi lozim va ularning yo’q qilinishiga yoki olib qo’yilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat reyestri ro’yxatdan o’tkazuvchi organning ma’lumotlarga ishlov berish markazida saqlanadi.
25-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir ish
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir ish (bundan buyon matnda ro’yxatdan o’tkazishga doir ish deb yuritiladi) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga oid ma’lumotlarning elektron jamlanmasidan iboratdir.
Ro’yxatdan o’tkazishga doir ish elektron axborot tizimida ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni birlamchi davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayonida ochiladi, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning bekor qilinishi davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda esa yopiladi.
Ro’yxatdan o’tkazishga doir ish o’z raqamiga ega bo’ladi.
Ro’yxatdan o’tkazishga doir ish hujjatlarning ro’yxatini o’z ichiga oladi. Ro’yxat yozuvlar ketma-ketligi tartibida shakllantiriladi.
Ro’yxatdan o’tkazishga doir ishga kiritilgan hujjatlarning olib qo’yilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ro’yxatdan o’tkazishga doir ish davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi.
26-modda. Davlat reyestriga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
Davlat reyestriga o’zgartish va qo’shimchalar quyidagilar asosida kiritiladi:
davlat reyestridagi tuzatilishi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning yuzaga kelishiga, boshqa shaxsga o’tishiga, cheklanishiga yoki bekor qilinishiga olib kelmaydigan, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish holatining o’zgarishiga olib kelmaydigan xatoni (bundan buyon matnda texnik xato deb yuritiladi) tuzatish yuzasidan huquq egasining yoki ro’yxatdan o’tkazuvchining tashabbuslari;
davlat reyestridagi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar cheklanishiga, boshqa shaxsga o’tishiga yoki bekor qilinishiga yoxud manfaatdor shaxslarning huquqlariga zarar yetishiga, ko’chmas mulkka bo’lgan, bartaraf etilishi lozim bo’lgan huquqning yuzaga kelishiga olib kelgan xatoni (bundan buyon matnda texnik tusga ega bo’lmagan xato deb yuritiladi) tuzatish to’g’risida Komissiyaning yoki sudning qarori;
huquq egalarining identifikasiya ma’lumotlari, shuningdek geografik obyektlarning nomlari, binolarning, inshootlarning tartib raqamlari o’zgarganligi haqidagi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli ma’lumotnomalari hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar;
yuridik shaxs qo’shib yuborilganligini, qo’shib olinganligini, bo’linganligini, ajratib chiqarilganligini, tugatilganligini, uning tashkiliy-huquqiy shakli o’zgartirilganligini ro’yxatdan o’tkazgan davlat organining ma’lumotlari (tugatish to’g’risidagi ma’lumotlarga muassislarning tugatish paytidagi ulushlari ko’rsatilgan ro’yxat ilova qilinadi).
Agar o’zgartishlar kiritish ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’lgan hujjatlarga o’zgartishlar kiritilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu hujjatning elektron ko’chirma nusxasi ro’yxatdan o’tkazishga doir ishga qo’shib qo’yilishi kerak.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarni, texnik xatolarni tuzatish, shuningdek ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan berilgan, bunday xatolar mavjud bo’lgan hujjatlarni almashtirish bepul amalga oshiriladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling