5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Davlat reyestridan ko’chirma


Download 177.47 Kb.
bet12/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
5-амалий

29-modda. Davlat reyestridan ko’chirma
Davlat reyestridan ko’chirmada quyidagi axborot ko’rsatiladi:
ko’chmas mulk to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar;
huquq egasi bo’lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, huquq egasi bo’lgan soliq to’lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikasiya raqami, har bir huquq egasi ulushining miqdori;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning va cheklovlarning ro’yxati, huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati, huquq egalari hamda cheklovlar belgilanishidan manfaatdor bo’lgan shaxslar, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to’lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikasiya raqami, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning qiymati yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to’g’risidagi ma’lumotlar;
davlat reyestridan ko’chirmaning tartib raqami, berilgan sanasi va vaqti.
Davlat reyestridan ko’chirmada maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan ko’chmas mulk to’g’risidagi boshqa ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin.
6-bob. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni belgilovchi hujjatlar
30-modda. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish asoslari
Yer uchastkalariga bo’lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizasiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Agar yer uchastkasini ajratish (realizasiya qilish) to’g’risidagi 2021 yilning 1 avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo’lgan huquq turi ko’rsatilmagan bo’lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim:
yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo’jaliklarini hamda jamoa bog’dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
qishloq va o’rmon xo’jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling