5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-bob. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga oid faoliyatni tashkil etish


Download 177.47 Kb.
bet8/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
5-амалий

4-bob. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga oid faoliyatni tashkil etish
20-modda. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organning faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda haq undiradi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organning faoliyati ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazganlik, axborot taqdim etganlik va ular bilan bog’liq harakatlarni amalga oshirganlik uchun to’lovlar tarzida kelib tushadigan mablag’lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
21-modda. Ro’yxatdan o’tkazuvchilar va bosh ro’yxatdan o’tkazuvchilar
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ro’yxatdan o’tkazuvchi yoki bosh ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi:
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda qabul qiladi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ularning ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida tahlil qiladi;
hujjatlarni ko’chmas mulkning kadastr yig’majildiga kiritadi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotni va hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimlari vositasida davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va vositachilardan oladi;
hujjatlarning ko’chirma nusxalarini va ulardan ko’chirmalarni tayyorlaydi;
ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilangan hollarda va tartibda ko’chmas mulkning texnik inventarizasiyasini hamda tavsiflari tekshirilishini tayinlaydi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni ushbu Qonun 43-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda to’xtatib turadi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda rad etadi;
davlat reyestriga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi;
davlat reyestriga kiritilgan yozuvlarni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq bekor qiladi.
Bosh ro’yxatdan o’tkazuvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o’tilgan harakatlardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
korxonaga bo’lgan huquqni mulkiy majmua sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazishni;
O’zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq ma’muriy-hududiy birligida joylashgan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni.
Bosh ro’yxatdan o’tkazuvchi yoki ro’yxatdan o’tkazuvchi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayonida:
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi arizani va kadastr hujjatlarini ko’rib chiqadi, ularni davlat reyestrida mavjud bo’lgan axborot va ma’lumotlar bilan taqqoslaydi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asoslar mavjudligini aniqlaydi;
umumiy ko’chmas mulk ishtirokchilarining sonini va ularning ulushlari miqdorini aniqlaydi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga monelik qiluvchi omillarni, bu ko’chmas mulkni garovga berish yoki boshqa shaxsga o’tkazish uchun cheklovlar mavjudligini davlat reyestridagi ma’lumotlar vositasida aniqlaydi;
ayni bir ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida boshqa shaxslarning arizalari mavjudligini aniqlaydi.
Agar manfaatdor shaxs ro’yxatdan o’tkazuvchining yoki bosh ro’yxatdan o’tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) natijasida o’zining huquqlari buzilgan deb hisoblasa, u ro’yxatdan o’tkazuvchining yoki bosh ro’yxatdan o’tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling