5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Binolar va inshootlarga bo’lgan xo’jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar


Download 177.47 Kb.
bet16/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
5-амалий

36-modda. Binolar va inshootlarga bo’lgan xo’jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar
Binolar va inshootlarga bo’lgan xo’jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish to’g’risidagi qarorlari;
davlat organlarining yoki xo’jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;
muassislarning o’zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to’g’risidagi qarorlari.
37-modda. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko’rsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obyektlardir.
Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo’ladi.
Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo’lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Elektron onlayn-auksion orqali investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmaydi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling