5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Binolarga va inshootlarga bo’lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar


Download 177.47 Kb.
bet17/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
5-амалий

38-modda. Binolarga va inshootlarga bo’lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar
Binolarga va inshootlarga bo’lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazgan davlat organining yuridik shaxs tugatilganligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi (mazkur ma’lumotnomaga muassislarning yuridik shaxsni tugatish paytidagi ulushlari ko’rsatilgan ro’yxat ilova qilinishi kerak);
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini yoki uning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish to’g’risidagi qarorlari;
binolarning va inshootlarning, uy-joyning oldi-sotdisiga, uy-joyni hadya qilishga, ayirboshlashga, renta haqini to’lash shartlari bilan boshqa shaxsga o’tkazishga doir notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;
mulkdorning yoki binolarni, inshootlarni boshqarish bo’yicha vakolatli organlarning qarori (mulkdor jismoniy shaxs bo’lgan taqdirda — binolarni, inshootlarni buzish to’g’risida ro’yxatdan o’tkazuvchi organning vakili ishtirokida tuzilgan dalolatnoma);
binoning, inshootning tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida vayron bo’lganligini tasdiqlovchi hujjat;
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi hamda qarzdor o’rtasida binoni, inshootni berish to’g’risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
39-modda. Ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan mulk huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan mulk huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’ladi:
1) ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun:
qishloq xo’jaligi organlarining ko’p yillik dov-daraxtlarni foydalanish uchun qabul qilish to’g’risidagi dalolatnomasi;
tugatish komissiyasining fuqarolarga fermer xo’jaliklari tashkil etish uchun qishloq xo’jaligi kooperativlarining (fermer xo’jaliklarining) bog’larini va tokzorlarini auksionda sotish to’g’risidagi bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi o’rtasidagi shartnoma;
bog’dorchilikka, uzumchilikka, ipakchilikka ixtisoslashgan xo’jalik tashkil etish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to’g’risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o’rtasidagi shartnoma;
yer uchastkasini ko’p yillik dov-daraxtlar ekish huquqini berish uchun uzoq muddatli ijaraga berish to’g’risidagi shartnomaga doir qo’shimcha kelishuv;
o’rmon fondi yerlarini ijaraga berish to’g’risida davlat o’rmon xo’jaligini boshqarish organlari va ijarachi o’rtasidagi shartnoma;
2) ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o’tishini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun:
ko’p yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdisiga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
lizing to’lovlari to’liq to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma bilan notarial tartibda tasdiqlangan lizing shartnomasi;
ko’p yillik dov-daraxtlarni hadya etish to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
ko’chmas mulkni ayirboshlash to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
meros qilib olish huquqi to’g’risidagi va er-xotinning umumiy mulkida bo’lgan ko’p yillik dov-daraxtlarning tegishli qismiga bo’lgan mulk huquqi to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;
sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish chog’ida ko’chmas mulkni realizasiya qilish bo’yicha auksion yakunlari to’g’risidagi bayonnoma;
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud ko’p yillik dov-daraxtlarni berish to’g’risida undiruvchi va qarzdor o’rtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Quyidagi ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan mulk huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilmaydi:
yer uchastkasiga bo’lgan huquq rasmiylashtirilmagan yerlarga ekilgan ko’p yillik dov-daraxtlar, bundan o’rmon fondining ijaraga olingan yerlariga ekilgan ko’p yillik dov-daraxtlar mustasno;
ko’chatxonalardagi ko’chatlar;
yuridik shaxslarning balansida bo’lmagan ko’p yillik dov-daraxtlar;
foydalanish uchun qabul qilinmagan ko’p yillik dov-daraxtlar;
ko’p yillik butazorlar va rezavor o’simliklar;
o’rmon xo’jaliklarining va boshqa o’rmon xo’jaligi davlat korxonalarining, muassasalarining hamda tashkilotlarining balansidagi o’rmonlar va ko’p yillik dov-daraxtlar;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ko’p yillik dov-daraxtlari;
aholi punktlarini ko’kalamzorlashtirish, shu jumladan tashkilotlarning yerlarida ko’kalamzorlashtirish maqsadida ekilgan ko’p yillik dov-daraxtlar;
uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan ko’p yillik dov-daraxtlar.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling