5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko’chmas mulk boshqa shaxsga o’tganda yer uchastkasiga bo’lgan huquqning o’ziga xos xususiyatlari


Download 177.47 Kb.
bet14/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
5-амалий

32-modda. Yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko’chmas mulk boshqa shaxsga o’tganda yer uchastkasiga bo’lgan huquqning o’ziga xos xususiyatlari
Binolarga, inshootlarga yoki boshqa ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o’tishi davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda bu obyektlar bilan birga mazkur obyektlar egallagan va ulardan foydalanish uchun zarur bo’lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o’tadi.
Agar sotuvchi sotilayotgan ko’chmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo’lsa, sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga bo’lgan mulk huquqi yoki ijara huquqi yoxud ko’chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq o’tkaziladi.
33-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo’lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o’tishini belgilovchi hujjatlar va uning o’ziga xos xususiyatlari
Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo’lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o’tishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasining notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasini hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasini ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasining boshqa shaxsga renta haqi to’lanishi sharti bilan berilishi nazarda tutiladigan, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasini meros qilib olish huquqi to’g’risidagi va er-xotinning umumiy mulkida bo’lgan xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasining tegishli qismiga bo’lgan mulk huquqi to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;
xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish to’g’risidagi (agar bu turar joy obyekti bo’lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga muassisga qaytarib berish to’g’risidagi (agar bu turar joy obyekti bo’lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
jismoniy hamda yuridik shaxslarning mulkida bo’lgan (xususiylashtirilgan), bo’sh turgan yer uchastkalarini realizasiya qilish bo’yicha sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish uchun savdolar yakunlari haqidagi bayonnoma;
sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud xususiylashtirilgan bo’sh turgan yer uchastkasini berish to’g’risida undiruvchi va qarzdor o’rtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling