5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar


Download 177.47 Kb.
bet22/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
5-амалий

49-modda. Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar
Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni bosh ro’yxatdan o’tkazuvchi amalga oshiradi.
Mulkiy majmua sifatida korxonaga bo’lgan huquqlarning boshqa shaxsga o’tganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, qurilishi tugallanmagan obyektlarga, alohida joylarga, binoning yoki inshootning, shu jumladan transport vositasi to’xtab turishi uchun mo’ljallangan (bundan buyon matnda avtomobil joyi deb yuritiladi) binoning yoki inshootning bir qismiga bo’lgan huquqlarni, agar mazkur ko’chmas mulk obyektlari yoki ularga bo’lgan mulkiy huquqlar mulkiy majmua sifatida korxona tarkibiga kirsa, davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’ladi.
Ko’chmas mulkka yoki mulkiy majmua sifatida korxona tarkibiga kirgan obyektlarga bo’lgan mulkiy huquqlarga oid bitimlar amalga oshirilguniga qadar korxona tegishli ko’chmas mulk yoki mulkiy huquqlar korxonadan mulkiy majmua sifatida olib qo’yilishi munosabati bilan texnik inventarizasiyadan o’tishi kerak. Texnik inventarizasiya natijalariga ko’ra ko’chmas mulkning kadastr yig’majildi tuziladi.
Mulkiy majmua sifatidagi korxonaga nisbatan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar natijasida yuzaga keladigan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni ro’yxatdan o’tkazuvchilar bosh ro’yxatdan o’tkazuvchining yozma ko’rsatmasi bo’yicha amalga oshiradi.
Bosh ro’yxatdan o’tkazuvchidan davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan sana va vaqt ushbu moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladigan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish paytidir.
50-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaxsga o’tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaxsga o’tkazilganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
qonunchilikda nazarda tutilgan bitimlar (shartnomalar);
qonunchilikda nazarda tutilmagan, lekin unga zid bo’lmagan bitimlar (shartnomalar);
davlat organlarining ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaxsga o’tganligini, ularga oid cheklovlarni va bu huquqlar bekor qilinganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos sifatida qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari;
davlatga topshirilgan va ochiq kim oshdi savdolarida (auksionlarda) realizasiya qilingan ko’chmas mulk bo’yicha kim oshdi savdolarining (auksionlarning) yakunlari to’g’risidagi bayonnomalar;
qonunchilikka muvofiq fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va yuridik shaxslarning ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarining yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor qilinishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa harakatlari.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarga oid cheklovni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
sudning ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarga oid cheklovni belgilaydigan yoki bekor qiladigan qonuniy kuchga kirgan qarorlari;
sudning ko’chmas mulkni boshqa shaxsga berish to’g’risidagi qarorlari, davlat ijrochisining hujjati;
ko’chmas mulk musodara qilinganligi to’g’risidagi xabarnoma;
ko’chmas mulkning boshqa shaxsga berilishini taqiqlash to’g’risidagi xabarnoma;
ko’chmas mulk ipotekasi to’g’risidagi shartnoma;
tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarga oid cheklov bilan bog’liq hodisalar.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarga oid cheklov davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda huquq egalari bu haqda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan xabardor qilinadi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning bekor qilinishini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
sudning ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni bekor qiluvchi qonuniy kuchga kirgan qarorlari (hujjatlari);
sudning ko’chmas mulkni boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi qarorlari, davlat ijrochisining hujjati;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni chaqirib olish bilan bog’liq hodisalar.
O’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlar, shuningdek o’zboshimchalik bilan qurilgan binolarga va inshootlarga bo’lgan huquqlar, shu jumladan qurilish chog’ida foydalanish uchun quriladigan vaqtinchalik imoratlarga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmaydi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling