51-modda. Servitut yuzaga kelganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’ladigan hujjatlar
Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’ladi.
Servitut yuzaga kelganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’lgan hujjatda yer uchastkasi ko’rsatiladi, chegaralar belgilanadi, shuningdek, agar ular belgilangan bo’lsa, amal qilish muddati va to’lov miqdori ko’rsatiladi.
52-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’chmas mulkka bo’lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro’yxatidan o’tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko’rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.
Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o’zaro kelishuv bo’yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o’z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo’lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko’ra ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
53-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan o’zaro bog’liq huquqlarni, bu huquqlarga oid cheklovni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Agar qonunchilikka muvofiq huquqlar va ularga oid cheklov o’zaro bog’liq bo’lsa (binoga yoki inshootga bo’lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o’tishi hamda yer uchastkasiga bo’lgan huquqning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor qilinishi, mulk huquqi hamda boshqaruv yoki operativ boshqaruv huquqi, yer uchastkasi mavjud bo’lgan korxonaning yoki mulkiy majmua sifatidagi korxonaning ijara huquqi hamda ikkilamchi ijara huquqi bekor qilinishi, ko’chmas mulkni to’lovni va ipotekani kechiktirish shartlari asosidagi oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha mulkiy huquqlarning boshqa shaxsga o’tishi, o’zaro bog’liq bo’lgan boshqa huquqlar va ularga oid cheklov), ularni davlat ro’yxatidan o’tkazish bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |