5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlash


Download 177.47 Kb.
bet21/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
5-амалий

45-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlash
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o’tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlash davlat reyestridan ko’chirma berish orqali amalga oshiriladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar sudlarning yoki vakolatli davlat organlarining ijro etilishi majburiy bo’lgan hamda ro’yxatdan o’tkazuvchi organga kelib tushgan qarorlari asosida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan taqdirda, manfaatdor shaxslarga xabarnoma va davlat reyestridan ko’chirma yuboriladi.
46-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan payt
Davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va vaqt ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdir.
47-modda. Ikki va undan ortiq ro’yxatdan o’tkazish hududlarida joylashgan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ va uning hududiy boshqarmalari ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiradigan O’zbekiston Respublikasining muayyan ma’muriy-hududiy birligi ro’yxatdan o’tkazish hududidir.
Ikki va undan ortiq ro’yxatdan o’tkazish hududida joylashgan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar bosh ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan qabul qilinadi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha kelgusidagi harakatlar ro’yxatdan o’tkazuvchilar tomonidan bosh ro’yxatdan o’tkazuvchining yozma ko’rsatmasi asosida amalga oshiriladi.
48-modda. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari hal qilinishi munosabati bilan davlat reyestriga o’zgartishlar kiritish
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o’zgartirish, shuningdek ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash, ko’chirish, ularning bo’ysunuvini o’zgartirish natijasida ko’chmas mulkning joylashgan yeri o’zgargan taqdirda, tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi yoxud xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari asosida davlat reyestriga ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan tegishli o’zgartishlar kiritiladi hamda bu haqda huquq egalari xabardor qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari hal qilinishi munosabati bilan davlat reyestriga o’zgartishlar huquq egasining arizasisiz bepul asosda kiritiladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling