5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan vaqtinchalik huquqlarni va ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarga oid cheklovlar bekor qilinganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish


Download 177.47 Kb.
bet26/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
5-амалий

59-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan vaqtinchalik huquqlarni va ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarga oid cheklovlar bekor qilinganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Vaqtinchalik huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati o’tganidan keyin mazkur huquqlar bekor qilinganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish amalga oshirilmaydi, bundan ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
Agar ko’chmas mulkni ishonchli boshqarishga doir shartnomada ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqining amal qilish muddati tugashi nazarda tutilmagan bo’lsa, ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugagan paytdan e’tiboran bekor qilinadi.
8-bob. Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish
60-modda. Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish asoslari
Ipoteka to’g’risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko’chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog’idagi ipoteka to’g’risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Ipoteka to’g’risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’ladi.
Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’ladi.
Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.
61-modda. Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida notarius yoki bank ro’yxatdan o’tkazuvchi organga ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi arizaning, ipoteka to’g’risidagi shartnomaning, kredit shartnomasining yoki qarz shartnomasining elektron ko’chirma nusxasini taqdim etadi.
Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida, agar «Ipoteka to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat reyestriga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qiymati yoki uni aniqlash tartibi, shartlari va muddati haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ipoteka ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qo’yuvchi o’rtasida garovga qo’yilgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish to’g’risida kelishuv mavjud bo’lganda davlat reyestriga o’zgartishlar kiritish ushbu kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, ipoteka o’z zimmasiga yuklatilayotgan shaxsning mulkiy huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Qonun asosidagi ipoteka alohida arizasiz va davlat ro’yxatidan o’tkazganlik uchun haq to’lanmagan holda ro’yxatdan o’tkaziladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling