5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Navbatdagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish


Download 177.47 Kb.
bet27/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
5-амалий

62-modda. Navbatdagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’chmas mulk obyektiga nisbatan navbatdagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi yozuvda ayni bir ko’chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to’g’risidagi barcha yozuvlar haqida belgi qo’yiladi.
Navbatdagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning mazmuni navbatdagi ipoteka bilan almashtirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga bo’lgan mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar garovga qo’yuvchidan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida yoki ushbu mol-mulk haq evaziga yoxud bepul tasarrufdan chiqarilganligi natijasida o’tgan taqdirda amalga oshiriladi. Bu talabga rioya etilmagan taqdirda, ipotekaga oid majburiyatga kiritilgan o’zgartishlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazishdan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat reyestriga ipoteka to’g’risida, ipoteka to’g’risidagi shartnomaning davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanasi va tartib raqami haqidagi yozuvlarni, ko’chmas mulk obyektining yangi mulkdori huquqlarini tasdiqlovchi hujjatning (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, meros to’g’risidagi guvohnoma va boshqalar) rekvizitlarini kiritadi;
davlat reyestrining tegishli bandlaridagi dastlabki ipotekaga qo’yuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) to’g’risidagi avvalgi yozuvlarni belgilangan tartibda, ipoteka to’g’risidagi yangi yozuvni hisobga olgan holda almashtiradi.
63-modda. Ipotekani garov xati bilan tasdiqlash
Agar ipoteka to’g’risidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlarini garov xati bilan tasdiqlash nazarda tutilgan bo’lsa, bu davlat reyestrida ko’rsatiladi. Bunda garov xati berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar va ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan garov xati dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladigan sana davlat reyestriga kiritiladi.
64-modda. Garov xatiga o’zgartishlar kiritish
Garov xatining mazmuni o’zgargan taqdirda, uning egasi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yangi garov xatini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun murojaat qilishi kerak.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ garov xatining mazmunini o’zgartirish to’g’risidagi bitim davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi.
Garov xatining ajralmas qismi bo’lgan, uning mazmunini o’zgartirish to’g’risidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikib qo’yiladi.
Garov xatining qonuniy egasi ro’yxatdan o’tkazuvchi organdan o’zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishini talab qilishga haqli.
Garov xatining huquq egasini davlat ro’yxatidan o’tkazish quyidagilar asosida bir ish kuni ichida amalga oshiriladi:
garov xati bo’yicha huquqning belgilangan tartibda boshqa shaxsga o’tishi va garov xatiga belgi qo’yish, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo’lsa, agar uning nomiga huquqning o’tkazilishi to’g’risidagi maxsus yozuv kiritilgan va garov xati belgilangan tartibda sotilgan bo’lsa;
garov xati bo’yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
garov xatiga bo’lgan huquqlar ariza beruvchiga taalluqli deb topilganligi to’g’risidagi sud qarorlari.
Garov xatining huquq egasini davlat ro’yxatidan o’tkazish davlat reyestriga garov xatining yangi huquq egasi to’g’risidagi yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi. Davlat reyestridagi ilgarigi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Garov xati davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi tegishli yozuv davlat reyestriga kiritilganligini tasdiqlash maqsadida arizaga asosan garov xatining egasiga davlat reyestridan ko’chirma belgilangan tartibda berilishi mumkin. Bunda mazkur ko’chirmada ro’yxatdan o’tkazilgan huquqlarning cheklovlarini (shartlarini) aks ettirish chog’ida ipoteka ko’rsatilganidan keyin «Garov xatining qonuniy egasi» degan yozuv qayd etiladi va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar kiritiladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling