5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


Download 177.47 Kb.
bet34/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
5-амалий

yordamchi-xo’jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qo’shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo’laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo’ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto’lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog’liq turli ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan boshqa funksional imoratlar;
huquq egasi — ko’chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi asosida unga bo’lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
ko’chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarni o’rnatishga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o’tkazish, ipotekaga qo’yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari;
servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo’lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o’tishga mo’ljallangan, tayanch, to’sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasining (keyingi o’rinlarda davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ deb ataladi) davlat ro’yxatidan o’tkazadi.
Ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxslar (keyingi o’rinlarda ro’yxatdan o’tkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorda yig’im undiriladi.
7. Ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquq hamda ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog’liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor bo’lishi haqidagi axborot va hujjatlarni 2019 yil 1 fevraldan boshlab, axborot-kommunikasiya tizimlari vositasida davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo’linmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
71. 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan ko’chmas mulkka, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko’chmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notarius orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan huquq egasini o’zgartirish shaklida kiritiladi va Reyestrdan ko’chirma beriladi;
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
2020 yil 1 yanvardan boshlab ko’chmas mulk obyektini «E-auksion» elektron savdo platformasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko’rsatish natijasida vujudga keladigan unga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Reyestrdan ko’chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga ko’ra elektron va (yoki) qog’oz shaklida ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning ma’lumotlari asosida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish haqida ariza talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun 2019 yil 1 fevraldan keyin vujudga keladigan asoslar mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko’rsatilgan organlar tomonidan axborot-dasturiy majmua vositasida beriladigan axborot asosida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak.
Mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko’rsatilgan organlar axborot-dasturiy majmuaga kiritilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun javobgar bo’ladi.
9. Kadastr yig’majildini birlamchi shakllantirishda ko’chmas mulk obyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan o’tkaziladi. Kadastr yig’majildini shakllantirish natijalari bo’yicha kadastr pasporti beriladi.
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Ko’chmas mulk obyektini kadastr pasportini tayyorlash davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmog’i yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o’rinlarda Markaz deb ataladi) orqali qabul qilinadi.
10. Ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquq turi yoki egasi o’zgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan so’ng kadastr pasporti faqat ko’chmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va so’roviga ko’ra rasmiylashtiriladi.
Bunda ko’chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda o’zgarishlar (rekonstruksiya, qo’shimcha va alohida qurilish) mavjud bo’lganda, obyektni davlat ro’yxatidan o’tkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling