5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 177.47 Kb.
bet32/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
5-амалий

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018 yil 29 dekabr,
1060-son
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qaroriga
1-ILOVA
Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lgan yer qa’riga joriy etilmaydi.
3. Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor bo’lishi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak.
4. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko’chmas mulkka bo’lgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmasdan amalga oshirilgan ko’chmas mulk bilan bog’liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
ko’chmas mulk obyektlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo’lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat;
Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi o’rinlarda Reyestr deb ataladi) — ko’chmas mulk obyektlari va ularga bo’lgan huquqlar to’g’risida, shuningdek, huquq egalari haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona axborot ma’lumotlar bazasi;
garov xati — ko’chmas mulk obyekti garovga qo’yilganligi to’g’risida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi;
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo’lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo’ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to’sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling