5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-bob. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish xususiyatlari


Download 177.47 Kb.
bet36/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
5-амалий

3-bob. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish xususiyatlari
20. Yer uchastkalariga bo’lgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o’tishi va bekor bo’lishi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim:
O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xo’jaligi, jamoa bog’dorchiligi va uzumchilik xo’jaligini yuritish uchun, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq va o’rmon xo’jaligini (qishloq xo’jaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xo’jaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari ko’rsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;
yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi;
yuridik va jismoniy shaxsga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.
21. Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida ro’yxatdan o’tkaziladi:
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro’yxatdan o’tkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to’g’risidagi, o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi to’g’risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi to’g’risidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini ro’yxatdan o’tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish to’g’risidagi, o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, «E-auksion» elektron savdo platformasida o’tkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma;
yer uchastkasiga bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini ro’yxatdan o’tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish to’g’risidagi o’z vakolatlari doirasida 2021 yil 1 avgustga qadar qabul qilgan qarorlari, elektron onlayn-auksion va ochiq elektron tanlov natijalariga ko’ra tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi;
kon ajratmasi dalolatnomasi — foydali qazilmalarni qazib oladigan va foydali qazilmalar konlarini ishlatadigan korxonalarni qurish uchun yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat;
ko’p kvartirali uy qurilgan va unga tutash yer uchastkasiga bo’lgan huquq quruvchi yoki buyurtmachidan ko’p kvartirali uydagi joy mulkdorlariga o’tishini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun — qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan (ko’p kvartirali uydan) foydalanish uchun ruxsatnoma.
211. «E-auksion» elektron savdo platformasiga qo’yish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi bo’yiicha kadastr yig’majildi shaklida qabul qilinadi.
22. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining «Yer to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998 yillarda) olingan yer uchastkalariga bo’lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo’ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo’lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o’rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
shaharlar (tumanlar) hokimlarining O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to’g’risidagi qarorlari;
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida bo’lmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to’g’risidagi qarorlari;
qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xo’jalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to’g’risidagi qarorlari.
23. O’zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo’lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo’ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo’lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o’rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo’mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to’g’risidagi qarorlari;
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo’mitalarining kolxozlar a’zolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo’jaligi hamda o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash to’g’risidagi qarorlari.
24. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining (Qoraqalpog’iston Respublikasida — Jo’qorg’i Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xo’jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida ko’rsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida ko’rsatilgan o’lchamlarda ro’yxatdan o’tkaziladi.
25. O’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmaydi.
26. Davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan huquq turi yer uchastkasiga bo’lgan huquqni belgilovchi hujjatga muvofiq qabul qilinadi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling