O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi
Download 51.27 Kb.
|
O\'zbekistonda soliq yuki va uning makroiqtisodiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Soliq yukining biznes uchun ahamiyati…………………………………………14
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VAINNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI SIRTQI BO`LIMI IQTISODIYOT KAFEDRASI MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH FANIDAN KURS ISHI Mavzu: O'zbekistonda soliq yuki va uning makroiqtisodiy tahlili Bajardi: 4-kurs , Iqtisodiyot yo`nalishi 390/19- guruh talabasi Shaxobiddinov Yosinbek Kurs ishi rahbari __________________________ __________ (lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo) Ro’yhatga olindi:№ ______ «___» _______________2023 yil Komissiyaa’zolari: _______________________________ ____________ (lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo) _______________________________ ____________ (lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo) _______________________________ ____________ (lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo) Bahosi: ___________ Andijon 2023 - yil Mavzu: O'zbekistonda soliq yuki va uning makroiqtisodiy tahlili REJA: KIRISH…………………………………..……………………………………….3 1.Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi…………………………………..5 2.Soliq yuki, uni aniqlash tartibi................................................................................9 3.Soliq yukining biznes uchun ahamiyati…………………………………………144.Soliq yuki pasaytirilishi, renovatsiya, investitsiyalar — taraqqiyot strategiyasi..20XULOSA………………………………..……………………………………......28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31 KIRISH. Mamlakatimizning demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirib borish muhim masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda soliq todovchilar zimmasidagi soliq yukini tobora kamaytirib borish, buning natijasida soliq tizimini yanada samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. 2022 yil 16 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev soliq tizimidagi islohotlar, yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Tashrif chig’ida “Men nima uchun qo‘mitaning o‘zida kelib yig‘ilish qilyapman? Chunki administratsiyada o‘tkazsak, rais va ikki o‘rinbosari borardi. Lekin boshqa yetakchi xodimlar maqsadimizni tushunmay qolishi mumkin edi. Maqsadimiz nima – soliq tizimini shaffof qilish, raqamlashtirish, tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish”1, dedi prezident. Qayd etilishicha, 2017 yilda 31 trln so‘m soliq tushumi bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil 128 trln so‘m tushum bilan yakunlangan. “Shu bilan birga, 5 yil oldin 13 ta soliq turi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 9 ta soliq turi undirilyapti. Soliq yuki bugungi kunda 28 foiz bo‘lsa, shuni 25 foizga tushirishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Haqiqatdan ham, korxonalarning soliq yuki darajasini kamaytirib borish, ularga nisbatan optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy saqlab turishdan davlat va soliq to’lovchilar bir xilda manfaatdordirlar. Soliq yuki darajasini optimal baholanishi bir tomondan korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan davlat byudjet daromadlarining barqaror sur’atlarda tushib turishini ta’minlaydi. Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi. Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlarining muhim dastaklaridan biri bo’lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko’p jihatdan ularga bevosita bog’liq. Download 51.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling