5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish


Download 177.47 Kb.
bet11/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
5-амалий

27-modda. Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish
Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko’ra bekor qilinadi.
Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o’zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko’ra bekor qilinadi.
Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo’ladi.
Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo’lib qoladi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to’g’risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.
28-modda. Davlat reyestridagi ma’lumotlarning va hujjatlarning ko’chirma nusxalarini taqdim etish
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ ko’chmas mulkka bo’lgan ayrim huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni har qanday shaxsga faqat ushbu shaxs identifikasiya qilinganidan keyin taqdim etishi shart. Bunday ma’lumotlar davlat reyestridan ko’chirma tarzida taqdim etiladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’lgan huquqni belgilovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalari faqat huquq egasiga va (yoki) uning vakiliga taqdim etilishi mumkin. Bu hujjatlarning boshqa shaxslarga taqdim etilishiga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi.
Davlat sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni o’z ichiga olgan hujjatlarning ko’chirma nusxalari qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ma’lumotlar yoki ma’lumotlarni asoslantirilgan holda rad etish to’g’risidagi axborot, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, murojaat qilingan yoki yozma so’rov olingan va ma’lumotlar uchun haq to’langan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni berish rad etilgan taqdirda, ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun to’langan haq qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
Ma’lumotlar davlat reyestriga masofadan turib kirish imkonini berish orqali ham taqdim etilishi mumkin.
Taqdim etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlarni yoki hujjatni taqdim etmaganlik yoxud ishonchsiz axborot taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ taqdim etilgan ma’lumotlarning hisobini yuritadi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ huquq egasiga tegishli bo’lgan ko’chmas mulk haqidagi ma’lumotlarni olgan shaxslar va organlar to’g’risidagi ma’lumotlarni uning so’roviga yoki talabiga ko’ra taqdim etishi shart.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling