To’lqin-zarra dualizmi. lui-de-broyl gipotezasi. Kvant mexanikasi haqida
tushuncha
1924-yilda fransuz fizigi L.V.de-Broyl yorug’lik kabi barcha mikrozarralar
korpuskulyar xususiyatga ega bo’lishi bilan birgalikda, to’lqin xususiyatga ham
ega bo’ladi, degan farazni ilgari surgan. Uning g’oyasiga ko’ra, yorug’lik
tezligidan ancha kichik bo’lgan tezliklar bilan harakatlanadigan zarrachalar to’lqin
uzunligi
h
m E
кин
2
(2.1)
bilan aniqlanadi, agar zarra yorug’lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlansa,
uning to’lqin uzunligi
hс
Т
m с
E
кин
(
)
2
0
2
(2.2)
bilan aniqlanadi.
Mikrozarralar dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – diskret
energetik sathlarning mavjudligidir. Buni faqat kvant mexanikasi tushuntirib bera
oladi. Demak, mikrozarralar dunyosini va ularning harakatlarini faqatgina kvant
fizikasi asosida tushuntirish mumkin ekan. Kvant mexanikasi esa kvant
fizikasining matematik apparatidiar.
Diskret holatlarning mavjudligini kvant mexanikasining asosiy tenglamasi –
SHredinger tenglamasini yechib hosil qilish mumkin. Shredinger tenglamasining
yechimi bo’lgan
(psi) - to’lqin funksiya yordamida mikrozarralarning harakati
haqida ma’lumotlarni olish mumkin. U mikrodunyodagi zarralarning holat
funksiyasi hisoblanib, zarralarning kvant holatlari bo’yicha taqsimotini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |