5. Dorixona va farmatsevtik tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati Reja
Download 24.71 Kb.
|
5 мавзу ФИТК 4 семестр
Tasdiqlash ustxati – imzolanganidan keyin xujjatni tasdiqlashning alohida usuli bo‘lib, xujjatni tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning ma'lum doirasiga nisbatan amal qilishini taqozo etadi. Xujjatlar, xujjatda bayon qilingan masalalarni hal qilish vazifasi vakolatiga kiritilgan tegishli idoralar yoki mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Odatda, xujjatlarning quyidagi turlari tasdiqlanadi: tashkilotlarning ustavlari; nizomlar; hisobot va balanslar; tuzilmaviy va shtat jadvallari; biznes rejalar; ishlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, alohida bayonnomalar va boshqalar. Xujjatning tasdiqlanishi ikki usulda amalga oshiriladi: tasdiqlash grifini qo‘yish yoki farmoyish xujjatini (buyruq, qaror) chiqarish. Muxr. Haqiqiyligi alohida tasdiqlanishini talab qiladigan xujjatlarning yuridik kuchini oshirish maqsadida ularga muxr qo‘yiladi. Muxrlar oddiy va gerbli bo‘ladi. Gerbli muxrning tamg‘asi mazmuni alohida tasdiqlanishini talab qiladigan xujjatlarning asl nusxasida qo‘yiladi, bularga pul olish bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlar (cheklar, ishonchnomalar), shartnomalar; shaxsni, mehnat stajini, malakani tasdiqlovchi xujjatlar kiradi. Gerbli muxrni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va undan foydalanish tartibi maxsus qonun xujjatlari bilan belgilab beriladi. Oddiy muxrlar turli: dumaloq, to‘rtburchak, uchburchak, kvadrat shaklida bo‘lishi mumkin. Muxrning tamg‘asi shunday qo‘yilishi kerakki, bunda u xujjatdagi asl imzoning va lavozim nomining qismi ustiga tushirilishi lozim. Xujjat blanki – doimiy rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot saqlovchi varaqa. Blanklardan foydalanish xujjatlar bilan ishlashni yengillashtiradi, boshqaruv mehnatining saviyasini oshiradi, xujjatdagi ma'lumotning yanada tezroq anglanishiga imkon yaratadi. Tashkiliy-farmoyish xujjatlarining blankasida xujjat turi ko‘rsatiladi (masalan, buyruq, dalolatnoma va h.). Xat blankida tashkilotning yoki tuzilmaviy bo‘linmaning nomidan so‘ng tashkilotning manzili, telefon raqamlari, rekvizitlari ko‘rsatiladi. Tashkilotda yaratiladigan barcha xujjatlar ma'muriy-boshqaruv appratini ishini aks ettiradi. Ma'lumki, xujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p bo‘lib, ularning maqsadi, hajmi, shakli va bir qator sifatlari ham turlichadir. Bu xususiyat va sifatlarni xar taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal ish yuritishni tashkil etib bo‘lmaydi. Farmasevtik tashkilotlar boshqaruvidagi jarayonlar turli-tuman xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Boshqaruv jarayonining murakkabligi serqirraliliga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, xujjatlar xam xilma-xil va mikdoran juda ko‘p. Xujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, xajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari xam turlichadir. Ushbu hujjatlarni boshlang‘ich tasniflash asosida umumiy ma'muriy hujjatlari va buxgalteriya hujjatlariga bo‘lish mumkin. Mazkur mavzu ma'lumotlari orkali bevosita boshqaruv hujjatlari va ularning tasniflanishi ko‘rib chiqiladi. Download 24.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling