5. Dorixona va farmatsevtik tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati Reja


Xujjatlar quyidagicha tavsiflanadi


Download 24.71 Kb.
bet5/5
Sana12.03.2023
Hajmi24.71 Kb.
#1262337
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 мавзу ФИТК 4 семестр

Xujjatlar quyidagicha tavsiflanadi:
1. Tayyorlanish joyi:
ichki (korxonaning ichida tuzilgan) va tashqi (boshqa tashkilotda tuzilgan)
2. Muomala o‘rniga ko‘ra:
kiruvchi (tashkilotga kelib tushgan), jo‘natma (tashkilotdan yuborilayotgan) va ichki (tashkilotning o‘zi uchun tuzilgan).
3. Masalalar soniga ko‘ra:
oddiy (bitta masalani qamrab olgan) va murakkab (ikki va undan masalani o‘z ichiga olgan).
4. Ijro etish muddatlariga ko‘ra:
shoshilinch - belgilangan muddatda tezkor bajariladigan,
shoshilinch bo‘lmagan- bajarish muddati belgilanmagan.
5. Kelib chiqishiga ko‘ra
xizmat xujjatlari - tashkilot manfaatlarini aks ettirgan,
shaxsiy - ma'lum shaxsga oid xujjatlar.
6. Ma'lumotning aks ettirilishiga ko‘ra:
qog‘oz (yozma, grafik),
foto,
audio,
video,
elektron xujjatlar.
7. Manbasiga ko‘ra:
Asli — bu ilk bor tuzilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va imzolangan xujjat.
Nusxa — asl xujjatni absolyut aniq ravishda (nusxa belgisi bilan)qayta yaratish, bu nusxa vakolatli shaxs tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘ladi. Aloxida tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan xizmat xujjatlarining nusxalariga rahbarning imzosi va muxr qo‘yiladi.
Ko‘chirma
Dublikat
Xujjatshunoslikda xujjatlar bir necha jihatlariga, mezonlarga ko‘ra|
tasnif kilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruxlashtirish mavjud bo‘lmasa - da, ularni bir kadar yagonalashtirilgan xolda guruxlashtirish mumkin. xujjatshunoslikda ana shu an'anaga ko‘ra ish yuritishdagi xujjatlar eng avvalo tuzilishi o‘rniga ko‘ra tasniflanadi.
Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlarga farqlanadi.Ichki hujjatlar ayni tashkilotning o‘zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan xujjatlardir.Muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslar toionidan keladigan esa tashqi xujjatlardir.
Xujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) sodda xujjatlar
muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortik masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli
yoki trafetli) Xujjatlar farklanadi. Matnning o‘ziga xosligi
betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy xujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat xatlari). Bunday
xujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun ayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunaviy xujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘lik. bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday xujjatlarda ikki tur axborot aks etadi, ya'ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchan (xujjatni tuzish paytida yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha “yozmoq” emas, balki “to‘ldirmoq” so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari doirasini kengaytirish - ish yuritishni takomillashtirishdagi maqbul yo‘llardan biridir. Chunki bu tur xujjat matnlarini bir xil qilish va xujjat tayyorlash uchun vaqtni tejash imkonini beradi. Qolipli xujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma'lumotnomalar, dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqa ko‘plab xujjatlarni kiritish mumkin.
Xujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy xujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi.. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muasssasa yoki mansabdor shaxsga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlardan tashqari yoki jamaoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi ( masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va b.)
Xujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim sanaladi. Bu jihatga ko‘ra xujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama,asl nusxa,nusxa, ikkinchi nusxa ( dublikat),ko‘chirma.hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu xujjat muallifi ya'ni tayyorlovchining qulyozma yoki komp'yuterda ko‘chirilgan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib qayta ko‘chirish mumkin. . Asl nusxa bu ilk bor tuzilgan.., belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘ladi. Nusxa — asl hujjatni absolyut aniq ravishda (nusxa belgisi bilan)kayta yaratish, bu nusxa vakolatli shaxs tomonidan belgilandi.
Aynan nusxa asl nusxaniig barcha xususiyatlarini – zaruriy qismlarining joylashtirilishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumalok muxr, to‘rtburchak muxr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni anik va to‘liq aks ettiradi, masalan, fotonusxani yoki komp'yuter da chiqarilgan nusxani shu tur hujjatlar' qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to‘la ifodalansada, nusxa tashki xususiyatlar jihatidan bevosita asliga muvofiq qog‘ozga rasmiylashtirish kelmaydi, ya'ni erkin nusxada asl nusxadagi muxr o‘rniga “muhr” deb, im*, o‘rniga “imzo” deb, gerb o‘rniga “gerb” deb yozib qo‘yiladi va x.k. Ba'zan muayyan xujjatga emas, balki uning bir qismiga extiyoj tug‘iladi. Bunday hollarda a xujjatdan nusxa emas, balki ko‘chirma olinadi (masala bayonnomadan ko‘chirma, buyrukdan ko‘chirma va h.k.). Nusxa va ko‘chirmalar albatta notarius, xodimlar bo‘limi va shu kabi tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina kuchga ega bo‘ladi. Asl nusxa , yo‘qolgan xollarda xujjatning ikkinchi nusxasi ya'ni dublikat beriladi, asl nusxa bilan bir xil kuchga egadir.


Nazorat savollari:
1.Dorixona va farmasevtik tashkilotlarida ish yuritish fanning maqsadi va mohiyati.
2.Dorixona tashkilotlari ishini tashkil etishda xujjatlashtirish jarayoni.
3.Asosiy tushunchalar va ularning mohiyati (Ish yuritish, xujjatlar, xujjat)
4.Xujjat rekvizitlari
5.Xujjatlarning tasniflash mezonlari
6.Muomala o‘rniga ko‘ra xujjatlar tasnifi
7.Masalalar soniga ko‘ra xujjatlarni tasniflang
8.Kelib chiqishiga ko‘ra ujjatlar tasniflanishi
9.Manbasiga ko‘ra hujjat shakllari
10.Xujjatlarning asosiy guruhlari
Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling