5-ish. Ozuqalarni aralashtirish sifatini tekshirish Ishning maqsadi


Download 35.65 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi35.65 Kb.
#1771605
  1   2   3
Bog'liq
5-лаб.иши


5-ish. Ozuqalarni aralashtirish sifatini tekshirish
Ishning maqsadi: To‘kiluvchan sochma ozuqalarni aralashtirish sifatini baholash uslubini egallash.
Ishning mazmuni: 1.Laboratoriya tajribalarini o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma bilan tanishish va laboratoriya tajribalarini o‘tkazish.
2. Laboratoriya tajribalariga matematik ishlov berish uchun ko‘rsatma bilan tanishish.
3. Laboratoriya tajribalari natijalariga matematik ishlov berish.
Ish joyi jihoslari: ozuqalarni laboratoriya sharoitida mini ozuqa aralashtirgich (mini laboratoriya qurilmasi), tarozi 0...2 kg gacha toshlari bilan, donli ozuqalarni aralashtiruvchi kichik kurakcha, donli ozuqalarni tekshirish uchun namuna olishga laboratoriya idishi.


ISHNI BAJARISH TARTIBI


1. Laboratoriya tajribalarini o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma bilan tanishish va laboratoriya tajribalarini o‘tkazish
Ishni bajarish tartibi:
1. Shu uslubiy ko‘rsatma mazmuni bilan tanishish.
2. Laboratoriya aralashtirgichi tuzilishini o‘rganish, ishga tushirish qoidasi, aralashtiriladigan ozuqalarni yuklash va to‘kish.
3. Aralashtirilayotgan mahsulotlar bilan tanishish. Massasi 2 kg tortilgan (polietilen) makka donidan oling, rangi sariq diameri 5...6 mm.
4. Massasi 3kg tortilgan qizil rangli polietilen bug‘doy donidan olingan, diametri 3 mm.
5. Ikki 2 kg va 3 kg tortilgan mahsulotlarni aralashtirgichga solish.
6. Aralashtirgichni 0,5 min ishlating.
7. 0,5 minutdan so‘ng aralashtirgichni to‘xtating va diametral qarama-qarshi to‘rt joydan 100gr ozuqa aralashmasi oling.
8. Tebranuvchi elaklarda har 100 gramm porsiyani tuzuvchi komponentlar-ga ajrating: “makka doni” va “bug‘doy doni”.
9. Har gal “makka doni” va “bug‘doy donini” alohida tarozida torting.
10. Makka doni tortilganlarini (4-son) №6 jadvalining I va II grafalariga yozing.
11. Bug‘doy doni tortilganlarini (4-son) I va II grafalariga yozing.
12. Tortilgan komponetlarni qaytadan aralashtirgichga to‘king va uni 5 min ishlating.
13. 5 minutdan so‘ng aralashtirgichni to‘xtatib va to‘rt diametral qarama-qarshi 4 joydan 100 grammdan oziqalar qorishmasini oling.

  1. 8; 9; 10; 11 punktlarda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar amallarini bajaring, lekin sifralarini №6 jadvalga (makka doni) va (bug‘doy doni) yozing, xuddi shunday shaklda.

  2. Aralashtirgichdan hamma aralashmani to‘king va tebranuvchi elaklarda uni tashkil qiluvchi komponentlarga ajrating. Komponentlarni laborantga topshiring.

  3. Ish joyini tozalang, laborantga uni topshiring.

  4. Birinchi va ikkinchi (0,5min. va 5 min. ishlagandan so‘ng) tajribalarning natijalariga matematik ishlov bering.




Download 35.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling