5-Juftlik mavzu: Termodinamik parametrlardan foydalanib bosimni aniqlash


Download 267.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1590848
Bog'liq
AMALIYOT - 5 - MM va TX -1


TERMODINAMIKANING II-BO'LIMIGA DOIR
MASALALAR YECHISH


5-Juftlik
MAVZU: Termodinamik parametrlardan foydalanib bosimni aniqlash
Havoning haroratga nisbatan zichligi jadvali


5-masala: (Bosim)


Atmosfera bosimi bu dengiz sathiga nisbatan normal bosim hisoblanib, agar havo harorati 0 °S bo'lsa, 760 mm. sim. ust. ga yoki 101.325 kPa ga teng bo'ladi va fanda 1 atm. deb yuritiladi. Havo qatlamining o'rtacha balandligi 180 km bo'lsa u yer yuzining har bir sm² iga, 1 kilo-yu 33 gramm og'irlik bilan ta'sir etadi. Ushbu ko'rsatkichni va 1 mm. suv ustunining quvur yoki idish devoriga beradigan bosimining 9.8 Pa ekanligini isbotlang.
Berilgan:
1. Normal harorat t = 0 °S;
2. Normal atmosfera bosimi Patm = 101.325 kPa = 101 325 Pa;
3. Ta'sir etuvchi kuch yuzasi S = 1 sm2 = 0.0001 m2;
4. Erkin tushish tezlanishi g = 9.8 m/sek2;
5. 1 mm suv ustuni h = 1 mm = 0.001 m;
6. Atmosfera qatlamining balandligi Hatm = 180 km = 180 000 m.
mhavo - ?; Pmm.suv ust. - ?
Yechish:
Ushbu masalani yechish uchun yuqorida keltirilgan atmosfera bosimini va suyuqliklarning bosimini hisoblovchi formulalarga murojaat qilamiz. Buning uchun birinchi navbatda atmosfera bosimini hisoblovchi quyidagi formuladan foydalanamiz.

; Bu yerdan ; Demak mhavo = 1 kilo-yu 33 gramm.
Endi biz 1 mm suyuqlik yoki suv ustunining beradigan bosimi 9.8 Pa ekanligini isbotlaymiz. Buning uchun biz quyida suyuqliklarning bosimini hisoblaydigan formulani keltiramiz. Ya'ni
;
Bu yerda;
1. Suvning zichligi ρ = 1000 kg/m3;
2. Erkin tushish tezlanishi g = 9.8 m/sek2;
3. Suv ustunining balandligi h = 1 mm = 0.001 m.

Demak P1 mm.s.us = 9.8 Pa ga teng.
Javob:
1. Havo harorati 0 °S bo'lganda, yer yuzining har bir sm2 yuzasiga
mhavo = 1.033 kg og'irlik tushadi.
2. 1 mm. suv istunining bosimi Pmm.suv ust. = 9.8 Pa ga teng.


Uyga vazifa:
1. Bosimlarning turlarini yodlab kelish.
2. Quyida keltirilgan 6-masalani o'z formatida ishlab kelish.

6-masala: (Zichlik va solishtirma hajm)


Hajmi 900 000 ml bo'lgan idishning ichida 1 500 gr. kislorod 02 gazi joylashgan. Shu gazning zichligini va solishtirma hajmini aniqlang.


ρkisl. - ?; νkisl. -? (Javob: ρkisl. = 1.7 kg/m3; νkisl. = 0.6 m3/kg)
Nazorat savollari:


1. Holat parametrlari deb qanday parametrlarga aytiladi ?
2. Harorat nima?
3. Bosim va uning turlari haqida tushuncha bering.
4. Absolut harorat nima ?
5. Shkalalar orasidagi bog'lanishlarni tushuntirib bering.
6. Zichlik va solishtirma hajm to'g'risida tushuncha bering.

-------------------------------------------------------------------------------------


© Qutlimurodov U.M.-2022
Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling