5 L. M analitika. Savollar: Oksidlanish – qaytarilish usulida titrlash indikatorlari, tasnifi?


Redoksimetriyada titrlash egriligi


Download 40.5 Kb.
bet3/3
Sana01.11.2021
Hajmi40.5 Kb.
#169732
1   2   3
Bog'liq
5 L.M Analitika-WPS Office

2.Redoksimetriyada titrlash egriligi

Titrlanayotgan eritma muvozanat potensialini unga qo‘shilgan titrant hajmiga bog‘liqlik egri chizig‘i redoksimetrik titrlash egrisi deyiladi. Masalan:
Fe2+ + Ce4+ → Fe3+ + Ce3+

Eo Fe+3/Fe+2 = 0,77 v Eo Ce+4/ Ce3+ = 1,44 v

1.Ekvivalent nuqtasigacha: eritmada faqat Fe3+ / Fe2+ redoks jufti bo‘lgani uchun eritmani muvozanat potensiali Nernst tenglamasi asosida hisoblanadi.

E = Eo + 0,059 lg [Fe+3] / [Fe+2];

2.Ekvivalent nuqtasidan keyin: eritmada faqat Ce4+ / Ce3+ jufti bo‘ladi va muvozanat potensiali quyidagicha hisoblanadi.

E = E o + 0,059 lg [Ce4+] / [Ce3+ ]

1-nuqta 50 ml Se(SO4)2 qo‘shildi, Fe2+ ioni 50% Fe3+ ga oksidlanadi.

E = 0,77 + 0,059 lg 50 / 50 = 0,77 V

2-nuqta 90 ml Se(SO4)2 qo‘shildi, 10% Fe2+ ioni qoldi

E = 0,77 + 0,059 lg 90 / 10 = 0,83 B

3.nuqta 99 ml Se(SO4)2 qo‘shildi, 1% Fe2+ioni qoldi

E = 0,77 + 0,059 lg 99 / 1 = 0,88 B

4-nuqta 99,9 ml Se(SO4)2 qo‘shildi, 0,1% Fe2+ioni qoldi

E = 0,77+0,059 lg 99,9 / 0,1 = 0,957 B

5-nuqta ekvivalent nuqta:

[Ce4+] = [Fe2+]; [Fe3+] = [Ce3+]

E= 1,44 + 0,77 / 2 = 1,105 V

E= nEOx + mERed / n+m

6-nuqta ekvivalent nuqtadan keyin

100,1 ml Se(SO4)2 qo‘shildi, 0,1 ml Se(SO4)2 ortib qoladi.

E = 1,44 + 0,059 lg 0,1 / 100 = 1,263 V

7-nuqta 101ml Se(SO4)2 qo‘shildi,- 1% Se(SO4)2 ortadi:

E = 1,44 + 0,059 lg 1 / 100 = 1,332 B

Demak titrlash sakramasi E = 0,957- 1,263 oralig‘ida sodir bo‘ladi. SHu oraliqqa to‘g‘ri keladigan indikatorlarni tanlash mumkin. Masalan N- fenilantranil ( Eo= 1,00 v) , ferroin (Eo = 1,06 v) kiradi.



3.Redoks indikatorlarni rang o‘zgarish oralig‘i.

Indikatorni rang o‘zgarish oralig‘i eritmaning oksidlanish-qaytarilish potensialiga bog‘liq bo‘lib, Nernst tenglamasi bo‘yicha hisoblanadi.

Indox + ne- = Indred

E = E° + 0,059 / n lg [Indox] / [Indred ] (I)

Ko‘zimiz bir rangni ikkinchi rangdan 1:10 yoki 10:1 nisbat bo‘lganda ajratadi. SHu nisbatlarni yuqoridagi (I) tenglamaga qo‘yamiz.

E = E° + 0,059 / n lg 10 = E° + 0,059 / n

E = E° + 0,059 / n lg (10-1) = E° - 0,059 / n

Ikkala ifodani umumiy holda yozsak, redoks-indikatorning rang o‘zgarish oralig‘i kelib chiqadi:

E = E°±0,059/ n.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling