5-laboratoriya ishi effuziv magmatik tog‘ jinslari laboratoriya ishining maqsadi


Download 486.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi486.82 Kb.
#1155662
  1   2


5-LABORATORIYA ISHI 
 
EFFUZIV MAGMATIK TOG‘ JINSLARI 
1. Laboratoriya ishining maqsadi 
Effuziv magmatik 
tog‘ jinslarinining kelib chiqishi va ularning turlarini
o’rganish.
 
2. Umumiy ma`lumotlar 
 
Otqindi (effuziv) jinslar. Otqindi jinslar kimyoviy tarkibi bo‘yicha 
chuqurlik intruziv hosilalarning muqobillari hisoblanadi, ammo ulardan 
strukturaviy va teksturaviy xususiyatlari bo‘yicha kuchli farq qiladi. Chala 
kristalli va shishasimon strukturasining hamda yaxlit bo‘lmagan, yuqori 
g‘ovakli teksturasining mavjudligi ularning nurashga chidamliligi va 
mustahkamlik ko‘rsatkichlarining doimiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo 
ularning orasida qurilishda keng qo‘llaniluvchi ancha zich va mustahkam 
turlari uchraydi.
Riolit - tarkibida 65-75 %. SiO
2
bo‘lgan nordon jins. Och tusli, deyarli oq, 
granitning effuziv muqobili hisoblanadi. Strukturasi porfirli yoki shishasimon, 
teksturasi shishasimon yoki porfirli. Flyuidal teksturasi kuzatiladi (5.1-rasm). 
Mineral 
tarkibi: 
vulkanik 
shisha, dala shpatlari. Kvars 
siyrak uchraydi va amalda ko‘zga 
tashlanmaydi. 
Qora 
rangli 
minerallardan biotitning yaltiroq 
varaqchalari, kamroq rogovaya 
obmankaning cho‘zinchoq yoki 
ignasimon kristallari uchraydi. 
Kvars, kamroq kaliyli dala shpati, 
plagioklaz, shishasimon asosiy 
massaga botgan biotit yoki 
piroksenga ega. 
Riolit lava oqmalari, vulkan 
gumbazlari, vulkan kuli to‘plamlari shaklida uchraydi.
Obsidian - vulkanik jins. U to‘q qo‘ng‘ir, jigarrang va qora bo‘ladi. 
Strukturasi shishasimon, teksturasi bir jinsli. YAltiroqligi shishasimon, sinishi 
chig‘anoqsimon (5.2-rasm). 
5.1-rasm. Riolitning flyuidal 
teksturasi.


Nordon riolitli yoki riolit-
datsitli lavaning qovushoq turlari 
qotishidan hosil bo‘ladi.
Asosan engil betonlarning 
shishuvchi to‘ldiruvchisi sifatida 
foydalaniladi. Obsidianning ba’zi 
turlari taqinchoq toshi sifatida 
ishlatiladi. 
Tosh 
va 
bronza 
asrlarida obsidian nayza uchlari, 
pichoqlar 
va 
qirg‘ichlar 
tayyorlash uchun qo‘llanilgan.
Obsidianning po‘choqsimon 
turlar perlit deyiladi.
Pemza juda g‘ovakli, engil nordon vulkanik jins bo‘lib, bug‘lar va gazlar 
bilan kuchli to‘yingan nordon lavalarning (60-73% SiO
2
) shishishi va tez 
qotishi natijasida vujudga keladi (5.3-rasm). 
Pemzaning kimyoviy tarkibi 
o‘zgaruvchi. Rangi oq, kulrang, 
sariq. 
Strukturasi 
shishasimon, 
teksturasi g‘ovakli. U 60 -.80% 
gacha etadigan yuqori g‘ovakligi 
va engilligi bilan farq qiladi. 
Qoplamalar shaklida yotadi. 
Pemza 
gigroskopik 
emas, 
etarli darajada sovuqbardoshligi 
va 
olovbardoshligi 
bilan 
xarakterlanadi. Abraziv material, 
kimyo 
sanoatida 

filtrlar, 
qurituvchi mahsulotlar va h.k sifatida qo‘llaniladi. Pemza ushoqlari engil 
betonlarning to‘ldiruvchisi, pemza qumi va kuli sementga gidravlik 
qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. 
Otqindi jinslar orasida vulkan shishasi sezilarli o‘rin egallaydi: deyarli 
suvsiz amorf qora yoki qizil-qo‘ng‘ir obsidian; mayda g‘ovakli och-kulrang 
yoki jigarrang 3.-.4% gacha suvli perlit; ko‘p miqdordagi suvga ega 
yashilsimon yoki qo‘ng‘ir smola toshi (pexshteyn).
Vulkan shishasidan shishgan perlit - engil va g‘ovakli material olinadi. U 
yaxshi ovoz va issiqlik tutuvchi xossalarga ega bo‘ladi hamda engil betonlarda 
to‘ldiruvchi shaklida, filtrlovchi va izolyasion materiallar, yuqori sifatli shisha 
olish uchun esa xom ashyo sifatida qo‘llaniladi.
5.2-rasm. Obsidianning shishasimon 
strukturasi.
5.3-rasm. Pemzaning g‘ovakli strukturasi. 


Andezit - 52-65 % SiO
2
dan tarkib topgan o‘rta jins. Dioritning effuziv 
muqobili. Tog‘ jinsi kulrang, sariqsimon-kulrang yoki qo‘ng‘irsimon, to‘q-
kulrang yoki deyarli qora. 
Strukturasi chala kristalli (porfirli) (5.4-rasm), mayda donali, teksturasi 
zich yoki g‘ovakli, flyuidal. Mineral tarkibi: plagioklaz, dala shpatlari, 
rogovaya obmanka, biotit. U asosiy massada donalar shaklida uchraydigan 
avgit yoki rogovaya obmankadan va o‘rta plagioklaz – andezindan tarkib 
topgan zich yoki g‘ovakli mayda donali jins. 
Oqmalar, gumbazlar hosil qiladi.
Undan 
qurilishda 
va 
kislotabardoshli material sifatida 
foydalaniladi. 
Qora rangli minerallarining 
tarkibi 
bo‘yicha 
avgitli, 
giperstenli, rogovoobmankali va 
biotitli andezitlar ajratiladi.

Download 486.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling