Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 74.71 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi74.71 Kb.
#1649794
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi.

Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi.


Reja:


Suv tarkibli shishasimon jinslar asosida sun’iy g’ovak to’ldiruvchi- ko’pchigan perlit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo material bo’lib perlitlar va qisman gidratlangan obsidianlar xizmat qiladi. Uning tarkibida uchuvchan komponentlar 1,5 dan 10% gacha tashkil etadi. Perlitlar o’zining genezisi, teksturasi va texnologik xususiyatlari bo’yicha shartli ikkita sinfga bo’linadi:


A-g’ovak, vulqon lavasining sovishi va qotishida dastlabki hosil bo’lgan
jins;
B-massiv, ikkilamchi shishasimon massaning gidratatsiya jarayonida tarkibni o’zgartirishi (asosan past montmorillionitli va kristallangan) natijasida xosil bo’lgan jins. B sinfga mansub jinslarda uchuvchan komponentlar 2% dan 7% gacha mavjud bo’lib, beton uchun yaroqli ko’pchigan perlit g’ovak to’ldiruvchisini ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Bu g’ovak to’ldiruvchi aylanma, vertikal va qaynovchi qatlam pechlarida xomashyoga termik ishlov berib olinadi.
Tarkibida oksidlar miqdori, % massa bo’yicha: SiO2 - 65-75, Al2O3 – 12-16,
FeO+Fe2O3 – 1 dan ko’p emas, CaO - 3 dan ko’p emas, K2O+Na2O - 3,0-10,0.
Gidratlangan obsidianga bo’sh gidratlangan massiv shisha mansub bo’lib, tarkibida bog’langan suv 0,3 dan 1% gacha tashkil etadi. Masalan obsidian perlitli va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyilma zichligi 100 dan 400 kg/m3 gacha chaqiq tosh va qum olinadi. Ko’pchigan perlit chaqiq toshining suvshimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan oshmasligi kerak. Ko’pchigan perlit ishlab chiqaruvchi korxonalar bir-biridan texnologik sxemasi, ishlatilayotgan tog’ jinslarining tayyorlanish darajasi (maydalash va fraksiyalash), xomashyo materiallar xususiyati, tavsifi va to’ldiruvchini qo’llash sohasiga ko’ra asbob-uskunalar bo’yicha farqlanadi.

Download 74.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling