Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi


Perlitni qo’llash sohalari


Download 74.71 Kb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi74.71 Kb.
#1649794
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi.

Perlitni qo’llash sohalari.
A sinfga mansub perlit issiqlikdan himoyalovchi va konstruksionissiqlikdan himoyalovchi betonlar uchun g’ovak to’ldiruvchi, B sinfga mansub perlit esa konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi va konstruksion betonlar uchun g’ovak to’ldiruvchi olishda ishlatiladi. Perlit, shuningdek, olovga chidamli betonlarda to’ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Ko’pchilik hollarda, perlit qumi boshqa engil betonlarda mayda to’ldiruvchi sifatida ishlatiladi: keramizitoperlitobeton, shlakopemzaperlitobeton va b.
Perlitning suvshimuvchanligi nisbatan yuqori. Suvshimuvchanligini kamaytirish uchun GKJ-10 va GKJ-11 eritmalari bilan gidrofobizatsiyalash tavsiya etiladi.

Dolomi ishlab chiqarish texnologiyasi


Dolomitlar va dolomitli oxaktosh O’zbekistonda keng tarqalgan. Bu tog’ jinslari qurilishda yirik bloklar shaklida, hamda betonlarda chaqiq tosh sifatida ishlatiladi. Respublikamizda dolomit konlarida pardozlovchi plitalar ishlab chiqarish massa bo’yicha 50% sanoat chiqindilari yuzaga kelib, ularning asosiy qismi maxsus chuqurlarga ko’miladi.
Kuydirilgan dolomit asosida dolomit oxagi, kaustik dolomit va olovga bardoshli material olinadi.
Dolomitni bog’lovchi material sifatida qurilishda ishlatish chegaralangan.
Dolomit xomashyo material sifatida uyilma zichligi 450-500 kg/m3 g’ovak to’ldiruvchi ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Dolomit xomashyo asosida engil to’ldiruvchilar ishlab chiqarish, ularni betonda qo’llash xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega.
Dehqonobod dolomiti 0,1 mm dan kichik o’lchamli donalardan tashkil topgan bo’lib, mayda krisstal strukturaga ega. Makrostrukturasi birjinsli bo’lmay, g’ovak tog’ jinslari shaklida tabiatda uchraydi. Dolomit kristallari oq rangda bo’lib, ba’zan sariq rangda va jigar rangda bo’ladi. Bu esa xomashyo tarkibida metall oksidi mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Dehqonobod dolomiti konidan beshta namuna olinib, quyidagi xususiyatlari aniqlandi:
6-jadval




Download 74.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling