Electronics Workbench dasturida “To’liq qo’shuvchi mantiqiy element” elementini yig’ish.
EWB dasturini ishga tushiramiz.
(1-rasm)
Dastavval “ Sources ” bo’limidan “ +Vcc Voltage Source “ elementini tanlab olamiz. Elementning ustiga sichqoncha kursorini olib borib ,sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va qo’yib yubormay tanlagan elementimizni ishchi maydonga joylashtiramiz.
Yuqoridagi amalni bajarganimizdan so’ng “Digital” bo’limini tanlab , u yerdan “Full Adder”elementni olamiz.Undan tashqari bizga “ Indicator “bo’limidagi elementlardan ham foydalanamiz.Bizga yana “Basic” bo’limidagi “Switch” piktogrammasi kerak.Olingan piktogrammalarni quyidagi shaklga asosan birlashtiramiz.
To’liq qo’shuvchi mantiqiy element elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz va natijalarni olib ko’ramiz.Natijalar kalitlar ya’ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1.Barcha manbalarni uzgandagi holatni tekshiring.
2.Birinchi va ikkinchi manba uzilgandagi holat tekshirilsin.
3.Ikkinchi uchinchii manba uzilgandagi holatlarni tekshiring.
4.Summator elementindagi hosil bo’lgan 1 va 0 holni teskarisiga o’giring.
5.Summator elementiga qo’shimcha piktogramma qo’shilishini sinab ko’ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |