5-laboratoriya mashg’uloti. Gel xromatografiyasi, nazariy asoslari va dori vositalari tahlilida qo’llanilishi. Gel-xromatografik tahlil


Download 115.53 Kb.
bet5/5
Sana21.04.2023
Hajmi115.53 Kb.
#1367822
1   2   3   4   5
Erituvchilarni tanlash.
Gel xromatografiyada qo‘llaniladigan erituvchilarga qo‘yiladigan talablar,ularni tekshiriluvchi birikmalar aralashmasini erita olishi, gel sirtini xo‘llashi va gel sirtiga shimilmasligi bilan tushuntiriladi. Yumshoq gellar uchun qo‘llaniladigan erituvchi gelni shishirishi zarur. Gel to‘ldirilgan idishga qo‘yilgan erituvchi gel zarrachalari bilan xamda xromatografiyalanuvchi modda bilan bir xil ta’sirda bo‘lishi kerak. Bunda erigan modda gel zarrachalari ichida faqat diffuziyalanadi. ya’na erituvchining yopishuvchanligi xam axamiyatga olinadi va erituvchi imkon boricha yopishqoq bo‘lmasligi kerak.


Gel xromatografiyaning qo‘llanilishi.
Gel xromatografiyasida shisha nayni gel bilan to‘ldirish katta axamiyatga ega. Gel bilan to‘ldirish gel turi va ishlatilishi bilan bog‘liq. Agarda yumshoq gel qo‘llanilsa gel avval ajratish uchun olingan erituvchida bo‘ktirilishi va shishirilishi kerak. Yarim qattiq gellardan foydalanilganda avval gel (suspenziyasi) bo‘tqasi tayyorlanadi, erituvchi bilan aralashma zichligi quruq gel zichligiga teng bo‘lmog‘i kerak.
Gel xromatografiyasi uchun ichki diametri 8-10mm ga teng naychalardan foydalaniladi. Naycha diametrini 50 mm gacha kattalashtirish effektivlikni oshiradi, lekin naycha diametrini kamaytirish tavsiya etilmaydi.








2-rasm. Gel xromatografiya usulida moddalarni ajralish chizmasi:
a – ajralishning boshlaninshi,
b –ajralish jarayoni,
v ajralishning tugashi;



Download 115.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling