5-laboratoriya mashg’uloti. Gel xromatografiyasi, nazariy asoslari va dori vositalari tahlilida qo’llanilishi. Gel-xromatografik tahlil


Download 115.53 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi115.53 Kb.
#1367822
  1   2   3   4   5

5-LABORATORIYA MASHG’ULOTI. GEL XROMATOGRAFIYASI, NAZARIY ASOSLARI VA DORI VOSITALARI TAHLILIDA QO’LLANILISHI.


Gel-xromatografik tahlil.
Taqsimlovchi xromatografiyaning turlaridan farqli o‘laroq gel-xromatografiyasida qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas faza sifatida bir xil erituvchi qo‘llaniladi. Bunda qattiq-faza ya’ni gel zarrachalari ustidan oqim bo‘yicha xarakatlanuvchi erituvchi qismi qo‘zg‘aluvchi faza vazifasini bajaradi va aniqlanuvchi aralashma komponentlarini kolonka bo‘ylab xarakatlantiradi. Qo‘llanilayotgan erituvchining ikkinchi qismi esa gel zarrachalari ichki g‘avaklariga shimiladi va shu xolda qo‘zg‘almas faza vazifasini bajaradi.
Molekulalar o‘lchami turlicha bo‘lgan aralashmalarda moddalarni bir-biridan ajralish sodir bo‘ladi, gel zarrachalarida g‘ovaklarning o‘lchami bir xil bo‘lib, u o‘zidan kichik hajmli molekulalarni, g‘ovaklar ichiga o‘tkazadi. Tekshiriluvchi aralashma gel orqali filtrlanganda kichik hajmli molekulalar gel g‘ovaklariga shimilib g‘ovakdagi erituvchida ushlanib qoladi, katta yirik molekulalar esa gel zarrachalari orasidan gel g‘ovaklariga shimilmasdan qo‘zg‘aluvchi erituvchi bilan birga xarakatlanadi. Demak avval yirik hajmli molekulalar yuviladi, kichik hajmli molekulalar esa yirik molekulalardan so‘ng yuviladi. SHunday qilib gel xromatografiyasi modda aralashmasini modda molekulasi hajmiga va massasiga bog‘liq xolda bir-biridan ajratadi. Bu usul sodda, tez va eng kerakligi moddalar aralashmasi boshqa xromatografik turlariga nisbatan ancha engil sharoitda ajratiladi.
Modda aralashmasini ajratishda asosiy faktorlardan tashqari, qo‘shimcha, ya’ni adsorbsiya va kimyoviy faktorlar xam ta’sir etadi. Xromatografiyalash sharoitini tanlangada bular xisobga olinishi lozim.
Gellarni birinchi bo‘lib 1959 yilda Porat va Flodinlar suyuq aralashmalar uchun qo‘llaganlar.
Gel qatlamini toza erituvchi bilan yuvilganda katta hajmli molekulalar erituvchi suyuqlik xarakat tezligiga yaqin tezlikda xarakatlanadi, bir vaqtda kichik hajmli molekulalar esa gel g‘ovaklariga shimilgan bo‘lganligi tufayli sekin kechroq xarakat lanadi. SHunday qilib moddalar aralashmasi gel qatlamidan molekula hajmiga bog‘liq xolda birin-ketin ajrala boshlaydi.
Gel xromatografiya usulini qo‘llash aniqlanuvchi moddalar aralashmasi komponentlari bir xil molekulyar massaga ega bo‘lgan xollar uchun qulay xisoblanadi. Bunda aniqlanuvchi modda bilan gel fazani orasidagi o‘zaro ta’sir farqi asosida moddalar ajraladi. Odatda ikki xildagi o‘zaro ta’sir namayon bo‘ladi:
1) zaryadlangan ajraluvchi molekulasi zaryadlangan zarralar o‘rtasidagi ta’sir kuchi;
2) gel qobig‘idan dispers kuchi xolida bo‘ktirilgan gel fazasida erigan moddalar bilan bog‘liq ionogen guruxlar ta’siri.
Gel xromatografiyasi ikki turda, ya’ni kolonkali va yupqa qavatli usullarda qo‘llaniladi.



Download 115.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling