6-7-MА’RUZА: SIFAT, SON SO’Z TURKUMLARI ( 4 soat )
Rejа:
Sifat va uning yasalishi
Sifat darajalari
Son va uning turlari
Tayanch tushunchalar: Sifat darajalari, oddiy daraja, belgining kamligi, belgining ortiqligi(kuchliligi), sintaktik usul, murakkab usul, orttirma daraja, sodda va tarkibli sanoq sonlar, numerativ so’zlar.
Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan morfologik ko’rsatkichi
uncha taraqqiy etmagan so’z turkumi sanaladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra
sifat dastavval mustaqil so’z turkumi sifatida mavjud bo’lmagan, u so’ngroq ot turkumidan
o’sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.1 Eski oʻzbek tilidagi sifatlar ham tabiatiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi: 1) asliy sifatlar; 2) nisbiy sifatlar.
Asliy sifatlar eski oʻzbek tilida ham hozirgi oʻzbek tilidagidek narsaning rangi, tusi, hajmi, shakli kabi maʻnolarni bildiradi. Masalan: qara sach halqası (Lutfiy), sarıgʻyüz (Sakkokiy), Shirin sѳz (Atoiy), chin sѳz (Gulxaniy),
Sifat yasalishi
Eski oʻzbek tilida ham sifatlar morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) yoʻllar bilan yasalgan.
1. Sintaktik usul bilan sifat yasalishi odatdagicha boʻlib, bunday sifatlar qoʻshma, juft soʻzlar shaklida boʻladi. Masalan: qara tamgʻalıq ay (Lutfiy), qara yüzlük bashı (Navoiy, MQ),
Do'stlaringiz bilan baham: |