Sifat darajalari
Eski oʻzbek tilida ham sifat darajalari uch xil koʻrinishga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Sifatning oddiy darajasi maxsus morfologik koʻrsatkichga ega boʻlmaydi va bosh shakldagi har qanday sifat oddiy darajani tashkil etadi. Qiyosiy va orttirma daraja shakllari maxsus affikslar yordamida hosil boʻladi.
Qiyosiy daraja. Sifatlarda qiyosiy daraja maʻnosi quyidagi usullar bilan ifodalanadi: Morfologik usul. Bu usul sifatga -raq/-räk affiksini orttirish yoʻli bilan hosil boʻladi. Qiyosiy darajaning bu shakli sifatda ifodalangan belgining kamligini, kuchsizligini koʻrsatadi: Ul yaxshıraq turur sizgä (Tafsir). Abu Safyānnı bir tarraq yerdä tutgʻıl (NF).
Do'stlaringiz bilan baham: |