7-mа’ruzа: sifat, son so’z turkumlari ( soat )


Ismdan sifat yasovchi affikslar


Download 135 Kb.
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi135 Kb.
#190017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-7-maruza.

Ismdan sifat yasovchi affikslar
-lıq /-lik //-lıgʻ/-lig (-luq / -lük/ / -lugʻ/-lüe) affiksi. Eski oʻzbek tilida bu affiks ot yasashda ham , sifat yasashda ham mahsuldor boʻlgan.

Bu affiks bilan yasalgan sifat soʻz oʻzagida ifodalangan narsa, belgi, xususiyatga egalikni bildiradi: Bashir atlıgʻ ogʻlı bar erdi (QR).



lı -li (-lu -lü) affiksi. Bu affiks bilan yasalgan sifat ham soʻz oʻzagidan anglashilgan narsa, belgi, xususiyatga egalikni bildiradi: Muŋa ѳŋin türlü javāb aymaq keräk (NF).

-lı /-li affiksi bilan yasalgan sifatlar qadimgi turkiy manbalarda, jumladan, 0ʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tili yodgorliklarida uchramaydi. Ushbu manbalarda -/-li affiksi vazifasini ham -lıq/-lik -lıgʻ/-lig affiksi bajargan.

-sız/-siz ( -suz/-süz) affiksi yuqoridagi affikslarning antonimi hisoblanadi, yaʻni bu affiks bilan yasalgan sifatlar soʻz oʻzagidan anglashilgan narsaga, belgiga, xususiyatga ega emaslik maʻnosini ifodalaydi. Qiyoslang: Qapugʻın eshiki yaragʻsız turur (QR).

-qı/-ki// -gʻı/-gi affiksi payt va oʻrin bildiruvchi soʻzlarga qoʻshilib, paytga, oʻringa munosabatni, xoslikni koʻrsatadi: Meŋä qıshqı neʻmatnı yay berür erdiŋ, yayqı mevanı qısh berür erdiŋ (Tafsir).

-daqı/-däki // -dagʻı/-dägi affiksi ham oʻrin va payt bildiruvchi soʻzlarga qoʻshilib, oʻringa, paytga munosabatni bildiruvchi sifat yasaydi: Keltürgil tāŋdaqı āshımıznı (Tafsir).

Eski o’zbek tilida fors-tojik tilidan o’zlashgan quyidagi affikslar ham faol qo’llangan:
-iy. Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi:
Shah qїlїb xїl’atїnї rayhāniy,Rāst andaq ki sarvi bostaniy (Xamsa)

-nāk. Otdan muayyan belgiga ega bo’lgan sifat yasaydi: ... la’li ātashnāk (Mahb.q), ...
kөңlüm g’amїdїn ul g’amnāk
(Mahb.q). -gün. Rang bildiruvchi sifat yasaydi:

Subhїdam kim sipehri mināgün, Yerni bayzādїn etti bayzāgün. (Xamsa).
-vash. O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:... shahzādayi parivash... (Mah.q.), ...māhvash sāqiy... (Mah.q.).

-vār. O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi: buzurgvār, umidvār. ... durri shāhvār
üzülüp yergә tüshti
(Mah.q.).2

Bu affikslardan tashqari, -in, -fām, -āniy sifat yasovchi affikslari ham qo’llangan.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar unchalik ko’p emas.
Ulardan faqat birgina affiks sermahsul bo’lib, qolganlari kammahsul va o’ta kammahsul
affikslardir.


Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling