5-laboratoriya mashg’uloti. Gel xromatografiyasi, nazariy asoslari va dori vositalari tahlilida qo’llanilishi. Gel-xromatografik tahlil
Download 115.53 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarim qattiq gellar.
- Qattiq gellar.
Vch - Vs
K = ------------ Vt - Vs K - moddani ajratib olishdagi eng qulay kattalik. Bunda kolonkani to‘ldirilgan gel zichligi o‘rniga qo‘zg‘aluvchi faza sifatida foydalangan erituvchining xususiyati axamiyatga olingan. Bu koeffitsent orqali qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalarning xususiyatlarini aniqlash mumkin. K qiymatiga asoslanib moddalarni ajralib chiqish Vs qiymatini aniqlash mumkin. Vs = Vch- Vch= (K-K). (Vt-Vc). SHtrixlar ikkita moddani xromatografik ajralishi tushiniladi. Gellar va erituvchilarni tanlash. Gellar yumshoq, yarim qattiq va qattiq gellarga bo‘linadi. Ularning xar biri gidrofil va gidrofob, bo‘lishlari mumkin. Yumshoq gellar. . Bu tur gellar yuqori molekulyar organik birikmalar bo‘lib, kam sonli yonbosh bog‘lardan iborat. Bunday gellar ko‘p miqdorda erituvchini shimib shishadi va o‘zining asosiy hajmini oshiradi. Ularning g‘ovakligi shimilgan erituvchi hajmiga to‘g‘ri proporsional xolda ( bir necha barobar hajmda) ortadi. Natijada yumshoq gel hajmi ortishi xisobiga, gelning o‘zi deformatsiyalanadi. Yumshoq gellar . kichik molekulali moddalarni kam oqim tezligida ajratish uchun qo‘llaniladi. Yumshoq gellar ko‘proq yupqa qatlam xromatografiyasida keng qo‘llaniladi. Gidrofil gellarga sefadeks yoki dekstrinli gellar kirib, ularda -O-SN2SN(ON)SN2-O tipdagi birikish bog‘lari vodorodli bog‘lar xususiyatiga ega. (poliakrilamid geli va kraxmal). Organik erituvchilar bilan ishlanganda gidrofil sefrodeksiga oksipropil guruxi kiritilib olingan lipofil sefadeksi ishlatiladi. Yumshoq gellar yuqori effektivlikka ega. Yumshoq gellarda xromatografiyalashni odatda gel-filtrlash deb nomlanadi. Yarim qattiq gellar. Bunday gellar polimerlanib olinadi. Ular yuqori o‘tkazuvchanlikni taminlaydi va g‘ovak o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lmagan o‘rtacha hajmga ega. Yarim qattiq gellar bo‘ktirilganda o‘z hajmini sezilarsiz ( 1,1 - 1,8 barobar) oshiradi, yarim qattiq gellar bosimga chidamli va deformatsiyalanmaydi. Ular gidrofob gellar xisoblanadi. Yarim qattiq gellarni gidrofilligini oshirish ularning kimyoviy yoki fizik xususiyatlarini o‘zgartirish evaziga bajariladi, masalan: sulfirlash kabi. Asosan stirol va divinilbenzolni sopolimerlanishi maxsulotlari yarim qattiq gellar bo‘lib, stirogellar deb yuritiladi. Polivinilatsetatli gellar xam yarim qattiq gellarga kiradi. Qattiq gellar. Bularga silikagel va g‘ovakli shisha kiradi. G‘ovakli shisha gel bo‘lmasa xam gel o‘rnida ishlatiladi. Qattiq gel g‘ovaklari doimiy bo‘ladi va xar qanday sharoitda xam o‘z hajmini o‘zgartirmaydi va yuqori o‘tkazuvchanligini namayon qiladi. Ular gidrofil va liofillikni namoyon qiladi. Silikatlar o‘zlarida gidroksil guruxlarini saqlashi qattiq gellarning kamchiligi xisoblanadi. Ikkinchi kamchiligi ularning yumshoq va yarim qattiq gellarga nisbatan katta yuviluvchanlikka egaligidir. Qattiq gel sifatida odatda g‘ovakli silikagel (porasil), nazorat qilinuvchi g‘ovakli shisha va bir xil o‘lchamli g‘ovakli sintetik kremnezem (aerosilikagellar) qo‘llaniladi. Download 115.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling